Bugun, 23-sentiyabr' kuni Toshkent shahar “Ubay ibn Ka'b” jome masjidi imom-xatibi Abdulhakim qori Matqulov Nurota tumanidagi "Nurota" yodgorlik majmasiga tashrif buyurdi. Ustozga Eshon Boboxon hazratlari hamroxlik qildi.
Ulamolar majmuadagi “Chilustun” jome masjidida peshin namozini jamoat bilan ado etdi. So'ng Abdulhakim qori Matqulov "Tinchlik-xotirjamlik ne'matining qadri" mavzusida suhbat qilib berdi.
Darhaqiqat, Qur'onning 50 dan ziyod surasidagi yuzlab oyatlarda musulmonlar sulh-murosa, tinchlik va bag'rikenglikka chaqirilgan. Musulmonlar uchun eng afzal amal haqida kelgan hadisda shunday deyiladi: “Rasululloh alayhissalomdan so'radilar: “Ey, Allohning Rasuli! Musulmonlarning afzali qaysi kishi?”. U zot alayhissalom: “Qo'lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir”, – deb javob berdilar” (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning katta ne'matlaridan biridir. Qolaversa, barcha ezgu ishlar ro'yobga chiqishining boisi ham osoyishtalikdir. Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikni qadriga etib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur etkazishdan ham saqlanishlari lozim.
Tashrif davomida ulamolar Nuriy tahallusi bilan mashxur Sayyid ad-Din Abu Hasan maqbarasini ziyorat qilishdi. U erda Qur'on tilovat qilinib, xayrli duolar qilindi.
Safar davom etmoqda...
Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!






hazratnavoi.uz| @hazratnavoi_uz
#Navoiyga_ulamolar_tashrifi
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
@muslimuzportal | @vaqfuz | @diniysavollar
Bugun, 15 noyabr kuni "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov qatnashdi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, dinshunos-ekspertlar, islomshunoslar, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiya yetakchilari va milliy madaniy markazlar vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan notiqlar tomonidan turli madaniyat va din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi yuksak e’tirof etildi. Ko‘p millatli xalqimiz qadimdan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik fazilatlari bilan tanilgani, qaysi jamiyatda ahil-inoqlik mustahkam qaror topgan bo‘lsa, o‘sha jamiyatda o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar rivojlanishi, insonlar tinch va osoyishta hayot kechirishini alohida ta’kidladilar.
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini uchta sho‘bada davom ettirdi. Har bir sho‘bada diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga oid dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati