Navoiy viloyatiga safar chog'ida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov Nurota tumanidagi “Osiyobaland” jome masjidiga tashrif buyurdi.
Ustoz asr namozini jamoat bilan ado etgandan so'ng dinimiz mazmun-mohiyati, dinga xizmat qiladigan ulamolarning qadri, yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida hikmatli so'zlar ila mazmunli ma'ruza qilib berdi. Bundan namozxonlar mamnun bo'ldi.
Mazmunli suhbat savol-javoblarga ulanib ketdi. Yakunda xayrli duolar qilindi.
Navoiy viloyat vakilligi matbuot xizmati