Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Marhum muftiy Usmonxon Alimovning kitobi hamyurtlarimizga ulashildi

22.09.2021   759   1 min.
Marhum muftiy Usmonxon Alimovning kitobi hamyurtlarimizga ulashildi

O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyat vakilligi Qarshi shahridagi "O'rinbobo" to'yxonasida eshitish va so'zlashishda nuqsoni bor, ijtimoiy ximoyaga muhtoj yurtdoshlarimizga “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi, Qashqadaryo viloyat vakilligi, “Vaqf” fondining hududiy filiali va hamkor tashkilot xodimlari qatnashdi.

Ma'rifiy tadbirda so'zga chiqqanlar Islom dinining mazmun-mohiyati, imon-e'tiqod masalasi haqida tushuntirdi, missionerlik xataridan ogoh etdi.

Tadbir davomida marhum muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tarjima qilgan “Qur'oni karim va o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi” kitobi imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizga hadya tariqasida tarqatildi, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Yig'ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uchrashuv ishtirokchilari uchun ehson dasturxoni yozilib, osh tarqatildi.

Qashqadaryo viloyat vakilligi
matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

16.07.2025   545   2 min.
Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.

Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:

“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).

Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyrni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Shunga ko‘ra imom domla Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu akbar deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar