Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2025   |   6 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:25
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
27 Noyabr, 2025, 6 Jumadul soni, 1447

Dinda savolim bor: Ba'zi suralarni o'qib nabiralarimga dam solsam bo'ladimi?

22.09.2021   1903   1 min.
Dinda savolim bor: Ba'zi suralarni o'qib nabiralarimga dam solsam bo'ladimi?

— Qur'oni karimdan ba'zi suralarni o'qib, farzandlarim yoki nabiralarimga dam solib qo'ysam bo'ladi-mi?

— Dam solish deganda, Alloh taoloning kitobi Qur'oni Karim oyatlarini va Alloh taoloning ismlarini, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan duolarni o'qib panoh tilash ko'zda tutiladi. “Fotiha”, “Baqara” surasining avvalidan 5-6 oyat, “Oyatul Kursiy”, “Kafirun”, “Ixlos”, “Falaq”, “Nas” suralarini o'qib dam solinadi.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Eng chiroyli payg‘ambar kim bo‘lgan?

26.11.2025   1112   1 min.
Eng chiroyli payg‘ambar kim bo‘lgan?

Savol: Bilamizki, Yusuf alayhissalomga yarim chiroy berilgan. To‘liq chiroy Odam alayhissalomga berilgan. U zotni Alloh mukammal qilib yaratgan. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham payg‘ambar va insonlarning har taraflama eng yaxshisi bo‘lgan. Savolim shuki, eng chiroyli payg‘ambar Odam alayhissalommi yoki Muhammad sollallohu alayhi vasallam?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Eng go‘zal inson bu Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bo‘ladilar. U zot alayhissalom Yusuf alayhissalom borasida: “Yusufga yarim go‘zallik berilgan”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Ayrim ulamolar ushbu hadisdagi “yarim go‘zallik”dan murod “Yusuf alayhissalomga Payg‘ambarimizga berilgandan boshqa go‘zallikning yarmi” ekanini ta’kidlashgan.

Boshqa ulamolar esa: “Odam alayhissalom husnilarining yarmi nazarda tutilgan”, deyishadi.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu bunday deganlar: “Alloh yuborgan har bir payg‘ambar go‘zal yuzli va chiroyli ovozli bo‘lgan. Sohibingiz (ya’ni Payg‘ambarimiz alayhissalom) ularning hammasidan chiroyli yuz va chiroyli ovozlidirlar” (Imom Termiziy rivoyati).

Bundan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng go‘zal yuzli va ovozli ekanliklarini anglamoq lozim. Vallohu a’lam.

 

“Fatvolar to‘plami”dan