Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

Hotira: Hayrulloh domla jonkuyar, fidoyi, din g'amini eyuvchi, ziyrak olim edilar...

16.09.2021   2010   5 min.
Hotira: Hayrulloh domla jonkuyar, fidoyi, din g'amini eyuvchi, ziyrak olim edilar...

Hotira

Ko'rinmas yov – koronavirus butun dunyo aholisining sabrini sinovdan o'tkazdi. Bu vabo jahon xalqlariga juda katta talafotlar etkazdi, bashariyatning sillasini, tinka-madorini quritdi. Moddiy zararlar qoplanar, moliyaviy xarajatlarning o'rni to'lar, biroq... Biroq ma'naviy yo'qotishlar-chi?..

2020 yil xuddi shu bugun, ya'ni 16 sentyabr' kuni taniqli ulamo, kuchli voiz, din yo'lida qayg'urgan olim, Toshkent viloyatining sobiq bosh imom-xatibi Hayrulloh domla Turmatov koronavirus infektsiyasini yuqtirish oqibatida boqiy dunyoga rihlat qilgan edi.

Hayrulloh domlaning va boshqa ilm ahllari, ulaomlarimiz, imom domlalarimizning vafotlarini eshitib, xayolimga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Albatta, Alloh taolo ilmni bandalari (qalbidan) bir tortishda sug'urib olmaydi. Lekin unga ulamolarni vafot ettirish ila barham beradi...”(Imom Muslim rivoyati), degan muborak hadislari keldi.

Hayrulloh domla Turmatov 1976 yil 16 avgust kuni Toshkent viloyati Angren shahrida tavallud topgan edi. U 1994–2003 yillarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Chet Suv” jome masjidi imom-xatibi hamda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, 20-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi; 1998–2003 yillarda Toshkent viloyati pedagogika instituti talabasi; 2000–2001 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi; 2003–2014 yillarda Toshkent viloyati Angren shahri “Qorabog'” jome masjidi imom-xatibi hamda Angren shahar bosh imom-xatibi; 2014–2020 yillarda O'zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyat vakili hamda Zangiota tumani “Zangiota” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlagan.

Hayrulloh domla Toshkent viloyatiga bosh imom-xatib bo'lganlarida ko'plab masjidlar obod bo'ldi, ko'plari qayta qurildi, ta'mirlandi. Bu ishlar esa, haqiqatan, viloyatimiz mo'min-musulmonlarini cheksiz xushnud etdi.

Domla 2014–2020 yillar mobaynida Toshkent viloyati bosh imom-xatibi sifatida juda ko'p savobli ishlarni qilishga ulgurdi. Viloyatimizdagi 57 ta masjidni qayta qurish va rekonstruktsiya qilishga bosh-qosh bo'ldi. Homiylarni jalb qilgan holda ko'plab talabalarning o'quv-shartnoma pullarini to'lashga ko'maklashdi.

Birgina umrining so'nggi uch oyida domla ikkita masjid: Olmaliq shahridagi “Hilol” va Yuqori Chirchiq tumanidagi “Mu'oz ibn Jabal” jomelarini ochib bergani ham u kishining doimo savob ishlarning peshida yurganlariga dalildir.

Hayrulloh domlaning ma'ruzalari, mav'izalarini ko'pchilik namozxonlar, mo'min-musulmonlar intiqlik bilan kutishar edi. Chunki u kishining gaplarida ma'no bor, so'zlarida kuyunchaklik yaqqol sezilar edi. Misol uchun, “Hidoyat” jurnalining 2020 yil 4-sonida domlaning suhbati chop etildi. Unda aytilgan so'zlar har bir musulmonni yanada uyg'oq va tirishqoq bo'lishga chorlaydi:

«Yaqinda Islomoboddagi ilmiy tadqiqot markazi professori Doktor Farrux Salim hayratli ma'lumotlarni taqdim qildi. Sayyoramizda musulmonlarning umumiy soni 1 476 250 000 kishidan ortiqroq ekan. Demak, dunyodagi besh kishidan biri musulmon. Endi o'zimizga savol berib ko'raylik. Nima uchun biz musulmonlar taraqqiyotdan orqada qolib, o'zaro ixtilofga kirishib ketdik?

Mening fikrimcha, muammoning ildizi ta'limda. Islom Hamkorlik Tashkilotiga 57 ta davlat a'zo. Ular hududida umumiy 500 ta universitet bor. Har uch million musulmonga bitta universitet to'g'ri keladi. Qizig'i, dunyoning 500 ta eng kuchli universiteti ro'yxatida musulmon davlatlarining birorta universiteti yo'q. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo'lgan davlatlarda har bir million musulmonga 230 nafar olim to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich AQShda 4000, Yaponiyada 5000 ni tashkil etadi.

Mamlakatda ilm-fan qanchalik rivojlanganini ushbu mamlakatdan eksport qilinadigan yuqori texnologiya vositalari sonidan bilib olsa bo'ladi. Masalan, Pokiston davlatining bir yillik eksport mahsulotlarining faqatgina 1 foizi yuqori texnologiyalarga to'g'ri keladi. Saudiya Arabistoni, Marokash, Kuvayt, Jazoirda vaziyat yanada achinarli. Ushbu mamlakatlar eksportining faqatgina 0,3 foizigina yuqori texnologiyalarga to'g'ri keladi. Singapurda ushbu ko'rsatkich 58 foiz. Islom Hamkorlik Tashkilotining 57 a'zosining bir yillik umumiy yalpi ichki mahsuloti 3 trln. dollarga bormas ekan. Biz 57 davlat bir bo'lib birgina Germaniyaning yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqara olmas ekanmiz...»

Hayrulloh domla ana shunday jonkuyar, fidoyi, din g'amini eyuvchi, nuktadon olim, tashabbuskor rahbar edi. U kishining o'rnini hech kim bosa olmaydi. Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytganidek, olim vafot etsa, qiyomatgacha o'rni to'lmaydigan bo'shliq paydo bo'ladi.

Alloh taolo u kishining rahmati va mag'firatiga burkasin. Makonini Firdavs jannatlaridan qilsin. Omin!

 

Jasurbek domla RAUPOV,

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

15.07.2025   636   3 min.
Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

Xabaringiz bor, 2025 yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muhtaram Prezidentimizga Qurbon hayiti tabrigini yo‘llab, yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar.
 

Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.


Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, hojilar, otinoyilar va mahalla faollari ishtirokida Xonqa tumanidagi «Sayid ota» jome masjidida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 


Tadbirdan so‘ng Xayrulla domla Abdullayev hududdagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.


Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2025” ziyoratchilari, mahalla raislari ishtirokida tumandagi mahallalarga tashrif buyurdilar.


Mahalladagi oilalarga kirilib, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, er-xotin, aka-uka, ota-bola, qaynona-kelin, o‘rtasidagi kelishmovchilik va janjallar sababli notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, ularga nasihat qilindi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.


Shuningdek, adashib aqidasi buzuq kimsalar tuzog‘iga tushib qolgan fuqarolar bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, ularga islomning sof ta’limoti haqida ma’lumotlar berildi.


Shundan so‘ng ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda tumandagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha hamda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish va shu kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.


Mazkur tadbirlardan so‘ng Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi. 

 

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!
O'zbekiston yangiliklari