Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447

O'ksik ko'ngillarga xursandchilik olib kirildi.

16.09.2021   1311   2 min.
O'ksik ko'ngillarga xursandchilik olib kirildi.

Muqaddas Islom dinimizda o'zaro mehribonlik, saxiylik, qiynalgan kimsaga yordam berish va hojatbarorlik kabi xislatlarga keng targ'ib qilinadi. Darhaqiqat, inson nafaqat o'zi haqida o'ylashi, balki o'zgalar dardi bilan ham hamnafas bo'lib yashashi kerak.

Bu borada Payg'ambarimiz sallalohu alayhi vasallam ham o'z ummatlarini sifatlab shunday deganlar:

الْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا

رواه الإمام البخاري

ya'ni: “Mo'min mo'minga nisbatan bir-birini mustahkam tarzda ushlab turgan bino singaridir” (Imom Buxoriy rivoyati).

Demak, biz jamiyatda yashar ekanmiz, kundalik hayotimizda qo'ni-qo'shni, do'stu yorlar va turli insonlar bilan muloqotda bo'lamiz. Ularning orasida ijtimoiy ximoyaga muxtoj, boshiga musibat tushgan, qarzga botgan, og'ir dardga uchragan va boshqa qiyinchiliklarga duch kelgani bo'ladi. Bunday holatdagi insonlarni dardini eshitish va imkon darajasida ko'mak berish mo'minlik vazifasi hisoblanadi.

 

Imkoniyatimiz bor ekan, iloji boricha o'zgalarga manfaatimiz tegadigan, va muhtojning hojatini chiqaradigan ishlarni qilib olishimiz kerak bo'ladi.

Kecha 15-sentyabr kuni Yangiyo'l tumanidagi  10 nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj va nogiron bolalarni xomiylarni jalb qilgan xolda Toshkent viloyatidagi “Zangiota” ziyoratgoxiga ziyoratga xamda “Tashkent City”ga sayr qildirildi.  Ushbu ziyoratdan va sayrdan o'ksik ko'ngillar xursand bo'ldi.

  

Odiljon Narzullayev

Yangiyo'l tuman Imom Culton jome masjidi Imom xatibi   

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi

03.12.2025   81   1 min.
Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi

Bugun 3 dekabr kuni Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ustoz va talabali uchun o‘zgacha xursandchilik bilan boshlandi. Ta’lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan 15 dona smart doskalari beg‘araz yordam sifatida taqdim qilindi.

Hadyalarni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom xatibi ustoz Rahmatillo Usmonov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimi Asliddin Rahmatullayev topshirdi.

Ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy uslub va metodlardan samarali foydalangan holda dars samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida hadya qilingan bu o‘quv jihozlaridan dinimiz ravnaqi, ilm-ma’rifati yo‘lida oqilona foydalanish borasida tavsiyalar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va mazkur o‘quv jihozlarini yetkazib berishda amaliy yordam berganlar, xususan, muftiy hazratlarining haqlariga xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi
O'zbekiston yangiliklari