Islom dinida etimlarga yordam berish qadrlagan sharafli va nihoyatda savobi ulug' amallardan hisoblanadi. Yetimlarga taom berish, kiyim-kechak ulashish, ta'lim va tarbiya berish eng xayrli ishdir.
Shu ma'noda O'zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi bilan viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Bo'ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyida va Bo'stonliq tumanidagi Sijjak oromgohida Bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga bayram tadbiri o'tkazib berildi.
Tadbirda asnosida bollarga bayram dasturxoni tashkil etilib, tansiq taomlar tortildi. Shuningdek, homiylik hisobidan jami 7,5 mln so'mliksumka, daftar, ruchka va boshqa sovg'a-salomlar tarqatildi.
Darhaqiqat, Alloh taolo etimni kafillikka olishni yaxshiliklar qatorida sanab shunday degan: “Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, etimlarga... yaxshilik qilinglar” (Niso surasi, 36-oyat).
Yetimning boshini silash, unga mehribonlik qilish qalbdagi qattiqlikni ketkazadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Rasululloh solallohu alayhi vasallamga qalbi qattiqligidan shikoyat qildi. Shunda u zot: “Agar qalbing yumshashini xohlasang, miskinga taom ber va etimning boshini sila!” dedilar. Imom Ahmad rivoyati.
Ma'lumot uchun, Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko'tarildi.



O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Muhabbatni uyg‘otuvchi va boshqalarga mehr ulashuvchi go‘zal tabassumingiz yaxshi.
Shar’iy do‘stlikni bino qilib, nafratni ketkazadigan shirin so‘zingiz yaxshi.
Miskinni shodlantiradigan, faqirni xursand etadigan va ochni to‘ydiradigan maqbul sadaqangiz yaxshi.
Qur’onni tilovat qilib, uni tadabbur etib, unga amal qilib, zikr va istig‘for aytib o‘tirishingiz yaxshi.
Farzandlaringizni dinimizga muvofiq qilishingiz, sunnatni o‘rgatishingiz va manfaat narsalar tomon ularni yo‘naltirishingiz yaxshi.
Iboingiz va Alloh buyurgan satri avratingiz yaxshi.
Allohdan qo‘rqadigan, dinini sevadigan va qadr-qimmatini biladigan ayollar ila suhbatingiz yaxshi.
Ota-onaga yaxshilik qilishingiz, qarindoshlar bilan aloqani mustahkamlashingiz, qo‘shnilarga yaxshilik qilishingiz va yetimlarni kafolatingizga olishingiz yaxshi. Manfaatli kitob o‘qishingiz yaxshi.
Doktor Oiz Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan