Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat muftiysi Zamir Rakiyev bilan uchrashuv o'tkazdi, unda mafkuraviy xavfsizlik, dinlararo bag'rikenglik va diniy ta'lim masalalari muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga tayangan holda Regnum AA xabar bermoqda.
Prezident ekstremistik g'oyalar tarqalishining oldini olish maqsadida diniy ta'lim va tarbiya sifatini akademik darajada oshirish zarurligini alohida ta'kidladi.
"Bu yo'nalishda musulmonlar diniy idorasining o'rni juda muhim. Mamlakat xalqi madaniyatlarining birligi va xilma-xilligini asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatni birlashtirish borasidagi ishlarni mustahkamlash zarur", - deb ta'kidladi Prezident.
Shuningdek, Japarov Chuy viloyatidagi To'qmoq shahrida Islom Akademiyasi qurilishi Birlashgan Arab Amirliklarining shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayyon xayriya va gumanitar jamg'armasi ko'magida amalga oshirilayotganini ham ta'kidladi.
Akademiya qurilishi uchun ikki gektar er ajratildi. Ta'lim muassasasiga 200 ga yaqin o'quvchi qatnashi taxmin qilinmoqda. Universitet talabalarni aralash magistratura va doktorantura dasturiga tayyorlaydi. Akademiya talabalari nafaqat diniy, balki dunyoviy ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladi, bu esa diniy fanlarni chuqur o'rganishni o'z ichiga oladi.
Islom Akademiyasi qurilishida hamkorlik to'g'risidagi bitim 2019 yilda BAAda imzolangan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Sayyor yig‘ilish
Xabaringiz bor, shu yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muhtaram Prezidentimizga Qurbon hayiti tabirigini yo‘llab, yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar.
Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.
Shu yil 17 iyul kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov boshchiligida O‘rta Chirchiq tumanidagi «Usmon ota» jome masjidida tumanlar/shaharlar bosh imom-xatiblari, «Haj 2025» hojilari, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan so‘ng tumandagi mahallalarga chiqilib, oilalar o‘rganildi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.
Bunday tadbir qamrovi kengligi bilan alohida ahamiyat kasb etyapti. Gap shundaki, tadbir doirasida bir oila 12 nomdagi turli adabiy-badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Tumandagi masjidlar imom-xatiblari ham tadbirda faol qatnashdilar.
Shundan so‘ng yana «Usmon ota» masjidiga qaytilib, amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish nihoyasiga yetdi.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati