Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyun, 2025   |   9 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:51
Peshin
12:27
Asr
17:35
Shom
19:56
Xufton
21:32
Bismillah
05 Iyun, 2025, 9 Zulhijja, 1446

Tinchlik-osoyishtalikni Alloh buyurgan

06.09.2021   1684   3 min.
Tinchlik-osoyishtalikni Alloh buyurgan

Tinchlik – barcha ezgusevar xalqlarning, shuningdek o'zbek xalqining ham azaliy orzusi bo'lib kelgan. Tinchlik insonparvar va bag'rikeng xalqimizning tili va dilidan mustahkam joy olib, eng oliy qadriyat deb qaralgan. Obod turmushni aks ettiruvchi muqaddas dinimiz,qadriyatlarimiz, milliy urf-odat va rasm-rusumlarimizbevosita xotirjamlik silsilasiga uzviy bog'liqdir.

Halqimiz tinchlik va osoyishtalikni istab kundalik hayotida qator diniy va milliy fazilatlarni amalga oshiradi. Jumladan:

Ular ko'rishganida salom beradi. Bu bir-birlariga tinchlik, omonlik tilash ramzidir.

Duo qilsa, Yaratgandan xonadonlarimizni tinch, yurtimizni obod qilgin deb yuziga fotiha tortadi.

Har bir yaxshilik, ezgulik ustida tinchlik bo'lsin deya, kelajak uchun yaxshi niyatlar qiladi.

To'y-tantanalarda to'ylar bo'laversin deydi, chunki to'y tinch va farovon kunlar bois o'tadigan marosimlarning sarasi sanaladi.

Oilada yangi mehmon tug'ilsa, go'dakka uzoq umr, baland martaba, uning baxt-saodati, ikki dunyo obro'sini so'rab iltijo qiladilar. Shu iltijolar zamirida faqat tinchlik so'raladi.

Insoniyatga islom ne'matini etkazishga vosita bo'lgan vahiy – Qur'oni karimning axloqiy qismi oqibat, rahm-shafqat, mehribonlik, kamtarlik, havoyi nafsdan voz kechish, hurmat va tinchlikka asoslangan. Ana shu ilohiy ko'rsatmalarga amal qiluvchi musulmonlar hamisha rahm-shafqatli, adolatparvar, insonparvar, axloq-odobi mukammal va sofdil bo'lib kelgan.

Tinchlik-osoyishtalik qaror topgan joyda insonning oilasi tinch, turmushi obod, kelajagi porloq bo'lishi, hayot tizimi bir maromga tushib, taraqqiy topishi aniq va maqsadli ekani barchaga ma'lum. Bunday ne'mat ortida faqat shukronalik va itoat yotadi. Albatta bu kabi axloqqa ega bo'lgan  sof maqsadli inson, ayta olamizki, barcha a'zosi bilan minnatdorlik va manfaatdorlik xazinasiga hayoti davomida ega bo'ladi.

Insonga kundalik hayoti uchun zaruriy vositalardan bo'lmish mol-mulk, hovli-joy, uy-ro'zg'or buyumlaridanda muhim bo'lgan tana tayanchlarini doimiy tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik bilangina muntazamligini ta'minlanadi. Aks holda yo'qlik, parokandalikka uchraydi. Shu bois bo'lsa kerak barcha mulkdor shaxslar tinch mamlakatlarni o'ziga ixtiyor qiladi.  Demak, mol-mulk, hovli-joy, uy-ro'zg'or buyumlari bus-butun bo'lishligi uchun shukrona aytish bilan birga uni tinch-omon saqlashlik ham inson farzandi imkoniyat topadi.

Aytib o'tgan barcha fikrlarimizni Alloh taolo bandalarini o'zaro ittifoqlikda, ahillikda, tinchlik-omonlikda yashashga da'vat etib: “Agar mo'minlardan ikki toifa o'zaro urushib qolsalar, darhol  ular o'rtasini isloh etingiz!” (Hujurot, 9) degan insonparvarlik amr-farmonini bayon etadi.

 

Abdulhay TURSUNOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyat vakili

 
 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganlik otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

03.06.2025   7036   1 min.
Namanganlik otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 2 iyun kuni ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, otinoyilar faoliyatini takomillashtirish maqsadida Namangan viloyatining shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan bosh otinoyilar va targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
 

Seminarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Matluba Qahharova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Iroda Ahmedova, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Egamova ishtirok etishdi.


Yig‘ilishda “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, “Vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘grisida”gi farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Otinoyilar faoliyati bo‘yicha yangi ishlab chiqilgan qo‘llanma o‘qib eshittirilib, har bir bandiga izoh berib o‘tildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Namanganlik otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari