Shu yil 6-8 sentyabr' kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida “Diniy olam: epidemiologik vaziyatni tartibga solish sharoitidagi diniy faoliyat” mavzusida xalqaro anjuman o'tkaziladi.
Sank-Peterburg va RF Shimoliy-G'arbiy federal okrugi musulmonlar idorasi raisi, muftiy Ravil Panchiyev taklifiga binoan xalqaro anjumanda O'zbekiston musulmonlari idorasi nomidan rais o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov ishtirok etmoqda.
Halqaro anjuman faoliyatini saytimiz va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda batafsil yoritamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#Ajdodlar_merosini_o‘rganamiz
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi.
Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi mutaxassisi