Jonajon Vatanimizning Mustaqillik bayrami munosabati bilan qilinayotgan sarhisob barchamizni quvontirmoqda. Ayniqsa, so'nggi yillarda yangi O'zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, siyosiy huquq va erkinliklarni ta'minlash, demokratiya va qonuniylikni qaror toptirish, ijtimoiy muhofaza va aholining salomatligini asrash, ilm-fan va ta'lim-tarbiya, madaniyat va diniy-ma'rifat, shaharsozlik va qurilish, san'at va sport kabi sohalarda erishilgan ulkan yutuqlar nafaqat aholimiz, balki xalqaro hamjamiyat, dunyodagi taniqli olim va ekspertlar, nufuzli tashkilotlarning e'tiroflari har bir vatandoshimizning qalbini faxr va g'urur ila to'ldirmoqda.
Hususan, Davlatimiz Rahbarining shaxsan tashabbuslari bilan turli dinlarga mansub qadriyatlarni avaylab-asrashga, barcha fuqarolarga vijdon erkinligi va o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilib, ushbu yo'nalishda boshqa davlatlarga namuna bo'ladigan boy tajriba orttirildi. Mazkur yo'nalishlarda ko'plab hukumat qarorlari qabul qilinib, hayotga joriy qilindi.
Hech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha ulkan yutuqlarimizning zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi. Tarixiy haqiqat shundan iboratki, ijtimoiy tarqaqqiyotning barcha davrlarida davlat va jamiyatning rivojlanishi barqarorlik va tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog'liq bo'lgan.
Ma'lumki, Islom dinida tinchlik Alloh taolo tomonidan butun insoniyatga in'om etilgan ulug' ne'mat sifatida qadrlanadi. Ulamolar Qur'oni karimning 50 dan ziyod surasidagi oyatlar mo'minlik, tinchlik va bag'rikenglik mavzulariga bag'ishlanganini e'tirof etadilar. Jumladan, Qur'oni karimda bayon qilinadiki: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir” (Baqara surasi, 208-oyat).
Tinchlikning ilohiy ne'mat ekani Muhammad alayhissalomning quyidagi hadislarida qayd etilgan: “Allohdan afv va tinchlik-omonlikni so'ranglar. Chunki biror kishiga imondan keyin tinchlik-omonlikdandan afzalroq ne'mat berilgani yo'q” (“Sunani Termiziy”, 3558-hadis).
O'zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o'lka bo'lib kelgani tarixiy haqiqatdir. Ajdodlarimiz turli millat va din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo'lgani, Vatan taraqqiyoti yo'lida elkadosh bo'lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko'p qayd etilgan. Bugungi kunda jonajon Vatanimizda 130 dan ziyod millat, 16 konfessiyaga mansub fuqarolarimiz yagona ahil oila bo'lib, tinchlik-xotirjamlikda yashab, yurtimiz mustaqilligi va xalqimiz farovonligi yo'lida birgalikda faoliyat olib bormoqdalar.
Taassufki, bugun jahon hamjamiyati, xususan, musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Insoniyat muayyan siyosiy doiralar tomonidan o'z ta'sir doiralarini kengaytirish maqsadida, amalga oshirayotgan g'oyaviy kurashlar va mafkuraviy tahdidlar avj olgan bir vaziyatda yashamoqda. Qator davlatlar, xususan musulmon yurtlari o'tkir siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli nizolarni boshidan kechirmoqda. Mazkur mamlakatlarda odamlar og'ir iqtisodiy muammolar girdobida, nochorlik, oziq-ovqat tanqisligi, ochiqdan-ochiq zo'ravonliklar va xavfsizlikning yo'qligi sharoitida kun kechirmoqda. Oqibatda bunday hududlardan qochqinlar hajmi ortib, keng miqyosda gumanitar tangliklar yuzaga kelmoqda.
Darhaqiqat, Payg'abar alayhissalomning “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug' ne'matdurki, bundan ko'p odamlar mahrumdirlar” (Imom Buxoriy, 6412-hadis) degan hadislarini eslagan holda, bugungi kunda yurtimizdagi tinch-osoyishta hayot qator mamlakatlarning xalqlari uchun orzu bo'lib qolayotgani guvohi bo'lmoqdamiz.
Ushbu holat dunyodagi davlatlarning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat'iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne'mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda. Shu o'rinda Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisni eslash o'rinlidir: “Kim oilasi tinch, tanasi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong orttirsa, unga dunyo to'lig'icha berilibdi” (“Sunani Termiziy”, 2346-hadis).
Ta'kidlash joizki, ijtimoiy barqarorlik jamiyat hayotining osoyishtaligi bilan tavsiflanadi. Barqarorlikka tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratish, turli ijtimoiy qatlamga mansub fuqarolar va siyosiy partiyalar o'rtasidagi hamjihatlikni, davlat, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolar o'rtasidagi ijtimoiy kelishuv va sherikchilik bardavomligini ta'minlash orqali erishiladi.
Aksincha, xalq orasida buzg'unchilik g'oyalarini tarqatish orqali beqarorlik keltirib chiqarish esa tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqaradi. Islom ta'limotida aholi osuda hayot kechirib turgan jamiyatda halovat va tinchlikka raxna soladigan har qanday fitna harakatlari odamlarning qonini to'kishdan ham og'ir gunoh sanaladi: “Sizlardan faqat zolimlargagina xos bo'lmagan (balki hammalaringizga ommaviy bo'ladigan) fitna (azob)dan saqlaningiz va bilib qo'yingizki, Alloh jazosi qattiq (zot)dir” (“Anfol” surasi, 25-oyat).
Islom ulamolari Qur'oni karimda tinchlikka, odamlarning osoyishtaligi va xavfsizligiga raxna soluvchi amallarni qilmaslikni buyurilganini ta'kidlaydilar: “... Alloh esa, fasodni (buzg'unchilikni) yoqtirmaydi”(Baqara surasi, 205-oyat). Mazkur suraning 60-oyatida:“...Allohning rizqidan eb-ichingiz, Yer yuzida buzg'unchilik qilmangiz! ...” deb marhamat qilingan.
Shuningdek, islom ta'limoti odamlarni millati, dini, jinsi yoki qarashlaridan qat'iy nazar huquq va erkinliklarini himoya qiladi hamda ularga zulm qilishdan qaytaradi. Qur'oni karimda: “...biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilishga undamasin!...” (“Moida” surasi, 8-oyat) deyilgan.
Tinchlikni saqlash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Bugungi tahlikali zamon tinchlikni ta'minlash faqat davlatning vakolatli idoralari vazifasi degan noto'g'ri tushunchalardan voz kechish, Vatan taqdiri uchun astoydil qayg'urib yashashni taqozo etayotganiga barchamiz guvohmiz.
Alohida qayd etish lozimki, tinchlikning shukronasi amaliy bo'lishi lozim. Ya'ni, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga etib, shukrini ado etishi, balki unga noshukrlik qilib putur etkazishdan ham saqlanishi, kelib chiqishi mumkin bo'lgan notinchlikning oldini olishda ham faol ishtirok etishlari lozim.
Ayniqsa axborot manbalari, xususan ijtimoiy tarmoqlar orqali tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va Islom dini mohiyatini soxtalashtirishga, ma'naviyat va ma'rifatdan yiroqlashtirishga qaratilgan g'arazli urinishlarga qat'iy qarshi turishimiz lozim. Mazkur yo'nalishda jamiyatning ziyoli qatlamlari, olim va ulamolar oldingi safda bo'lishlari lozim.
Vatanparvarlik ota-bobolardan meros qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o'z ona-Vatanini dushmanlardan, yot va begona g'oyalardan himoya kilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikni nazarda tutadi. Ulamolarmiz vatanparvarlik oddiy shior yoki his-tuyg'u emasligi, balki uni quyidagi xayrli amal va ibratli ishlarda ifoda etish lozim ekanini ta'kidlaydilar:
- Vatan haqqiga bor yaxshiliklarni tilab duo qilish;
- jamiyatda ahillikni kuchaytirish yo'lida harakat qilish (silai rahm, qo'shnilarga yaxshilik, o'zaro yordam, bir-birlarga yaxshilikni sog'inish, salbiy axloq va ijtimoiy illatlardan saqlanish va h.k.);
- Vatan salohiyatini oshirish va uni muhofazasi uchun jonkuyarlik qilish (Vatan mulkini avaylab-asrash, uning yuksalishi uchun halol mehnat qilish, o'zini bag'ishlash, bu yo'lda tama'ni yaqinlashtirmaslik va h.k.);
- Vatan erki, hududi yoki obro'siga qarshi g'oyaviy yoki harbiy hujumga qarshi mudofaada turish.
Ta'kidlash joizki, Vatan oiladan boshlanadi. Oilada tinchlik bo'lsa, mahalla, qishloq, shahar, viloyat va nihoyat mamlakatda osoyishtalik bo'ladi, yurt ravnaq topadi. Masalaning e'tiborli jihatlaridan biri shuki, tinchlikni ulug' ne'mat deb e'lon qilgan dinimizda bu yo'lda nafaqat amal bilan, balki so'z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan.
Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-asrash yo'lida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni nafaqat to'g'ri qabul qilishlari, balki e'tiqodan qo'llab-quvvatlashlari hamda bor imkoniyatlari bilan yordam berishlari lozim. Tahdidlarning oldini olishga qaratilgan aynan mana shunday chora-tadbirlar hisobiga yurtimiz tinch, xalqimiz farovon yashab, dindorlarimiz ibodatlarini xotirjamlik va emin-erkinlikda ado etmoqdalar.
Qayd etilganlardan bugungi tahlikali zamonning o'zi voqelikka hushyorlik, teran va chuqur mushohada yuritgan holda nazar tashlashni, jahonda kuchayib borayotgan xatarlarni to'g'ri baholab, ulardan tegishli saboq olib yashashni talab etmoqda. Shu nuqtai-nazardan, vatandoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimizning ongi va shuurida murakkab va tahlikali dunyo va mintaqada ro'y berayotgan turli voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida biryoqlama va noxolis tasavvurlar shakllanishiga yo'l qo'ymaslik zarur sanaladi.
Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, qadriyatlarimiz, milliy-diniy an'analarimiz, mentalitetimizga zid tushuncha va g'oyalar kirib kelishining oldini olish aziz yurtimizning barcha fuqarolarining burchi hisoblanadi. Ayniqsa, har bir fuqarolarimiz yoshlarimiz ongiga, birinchi navbatda, ona-Vatani va oilasi oldidagi ma'suliyatni singdirishga, ularni insonparvarlik, vatanparvarlik va mamlakatimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga ustuvor vazifa sifatida qarash kerak.
Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta'kidlaganlaridek: “Ma'naviy uyg'oq jamiyatni, o'z oldiga ulkan vazifalar qo'yib, kelajak sari ishonch bilan borayotgan xalqni hech kim o'z yo'lidan to'xtata olmaydi. Bunday xalqni Yaratganimiz ham qo'llab-quvvatlaydi, doimo yo'lini ochib beradi”.
O'tkir HASANBAYeV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari
30 iyunya-1 iyulya pri sotrudnichestve s Institutom islamskoy sivilizatsii pri Natsionalnom universitete Malayzii i ryadom partnerskix organizatsiy proxodit V Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya onlayn konferensiya na temu “Misliteli islamskoy sivilizatsii”.
V konferensii prinyala uchastiye zamestitel direktora po nauchnoy rabote Sentra islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane Gulnora Ganiyeva, kotoraya rasskazala o novom etape nauchno-prosvetitelskogo sotrudnichestva s Malayziyey.
Po yee slovam, Muzey islamskogo iskusstva Malayzii predostavil uzbekskim issledovatelyam dostup k elektronnim kopiyam boleye 100 tisyach rukopisey i redkix proizvedeniy.
Krome togo, v ramkax proyekta “Kulturnoye naslediye Uzbekistana v sobraniyax mira” podgotovlen albom-kniga na osnove istoricheskix istochnikov, xranyashixsya v Malayzii. Yego prezentatsii planiruyetsya provesti v malayziyskix obrazovatelnix uchrejdeniyax.
V ramkax foruma dostignuta dogovorennost o sozdanii ekspertnogo soobshestva s uchastiyem uchenix Natsionalnogo universiteta Malayzii (UKM) i Uzbekistana, a takje o sovmestnoy rabote nad perspektivnimi nauchnimi proyektami.
V konferensii uchastvovali predstaviteli sleduyushix organizatsiy:
- Komitet po delam religiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
- Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana
- Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy sentr Imama Buxari
- Sentr islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane
- Duxovnoye upravleniye musulman Uzbekistana
- Institut vostokovedeniya Akademii nauk Respubliki Uzbekistan.
Danniy mejdunarodniy dialog stal odnim iz vajnix shagov po boleye glubokomu izucheniyu islamskogo nauchnogo naslediya, yego prodvijeniyu na globalnom urovne i zapusku novix initsiativ v sotrudnichestve, soobshayet press-slujba SITS.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana