Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyul, 2025   |   24 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:06
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:56
Xufton
21:27
Bismillah
19 Iyul, 2025, 24 Muharram, 1447

FARZAND TARBIYaLAShDAGI HATOLAR

02.09.2021   1867   2 min.
FARZAND TARBIYaLAShDAGI HATOLAR
– Ota-onaning bolaga: “Lapashang”, “Ahmoq”, “Odobsiz”  kabi  ѐqimsiz  so'zlar bilan murojaat qilishi eng katta xatodir. Aslida kamchilik farzandning o'zida emas, ishida;
 
–  urib-so'kib tarbiyalash. Farzand  noto'g'ri  ish qilganida tanbeh berish,  urish-so'kishdan ko'ra 
yaxshi ko'rgan narsalaridan mahrum qilish, gapirmaslik ѐki qovoq uyish samarali bo'ladi;
 
–  noto'g'ri rag'batlantirish. Ota-ona bolalalarining  yaxshi ishlarini mukofotlashda shirinlik  ѐki pul berish bilan birga savob bo'lishini, evaziga jannatga erishishini ham uqtirsin; 
 
–  bolalarni bir-biriga qarama-qarshi o'stirish. Bir oilada tug'ilib o'sgan bolalarning ham shaxsiyati turlicha bo'ladi. Ularni zehni, qobiliyati  past-balandiga qarab yo'naltirish lozim.  Aks holda bir-biriga solishtirish bilan oralari buzilishi mumkin;
 
–  ѐmon duo qilish. Farzandi jahlini chiqarsa, ayrim onalar darrov qarg'ashga tushadi. Buning 
oqibati juda ѐmon;
 
–  va'da berib bajarmaslik. Ota-ona va'dasida turmasa, ishonchini yo'qotadi. Masalan, “Kel, urmayman”, deydi. Ammo kelganida uradi. “Bunday qilsang, uni olib beraman”, deydi, lekin so'zida turmaydi.
 
–  farzandini ѐmon holatlarga guvoh qilishi. Sha'nini yuksaltirish, botirlikka o'rgatish 
o'rniga tahqirlaydigan manzaralarni ko'rsatish bola qalbini sindiradi;
 
– ѐqtirmagan narsasini sovg'a qilish;
 
– ѐlg'on gapirish. Odatlarning eng ѐmoni ѐlg'on so'zlashdir. Bola o'rnak oladigan kishilar ѐlg'on gapirib tursa, uyam shunga odatlanadi.
Baxtli hayot sari kitobidan
 
Romitan tuman “Mahallai bolo” jome' masjid

imom-xatibi Najmiddinov G'ayrat 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Yomon tush ko‘rganda nima qilinadi?

16.07.2025   4838   2 min.
Yomon tush ko‘rganda nima qilinadi?

Savol: Men tush ko‘rdim va uyg‘onib Ibni Sirinning "Tushlar ta’biri" kitobini ko‘rsam yomonroq chiqdi va siqilib qoldim. Tush ta’biri masalalariga musulmon inson qanday qarashi kerak?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Avvalo shuni aytishimiz kerakki, Ibn Siriyn rahimahullohga nisbat berilgan “Tushlar ta’biri” kitobi u zotga tegishli emas. Shuning uchun bu kitobni u zotga nisbat berib bo‘lmaydi. Dinimizga ko‘ra tushlar uch xil bo‘ladi:
– Alloh taolo tomonidan bo‘lgan, tahorat bilan yotilganda, tongga yaqin ko‘riladigan, solih tushlar.
– Shaytondan bo‘lgan, aniq esda qolmaydigan, kayfiyatni tushiradigan, alahsirashga o‘xshash yomon tushlar.
– Kasbiga yoki qiziqqan narsasiga taalluqli tushlar.

Dinimizda tush ko‘rganda nima qilish kerakligi borasida aniq tavsiyalar kelgan. Agar rost tushlar shariatga mos kelsa, amal qilish mumkin, agar zid kelsa, qat’iy amal qilinmaydi. Yomon tush ko‘rgan kishi tushini birovga aytmasligi va tushning yomonligidan Alloh taolodan panoh so‘rashi kerak. Bu haqida Abdulloh ibn Qatoda roziyallohu anhu otasidan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Rost tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz qo‘rqinchli tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflab qo‘ysin va tushning yomonligidan (Allohdan) panoh so‘rasin. Shunda yomon tush zarar qilmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ya’ni yomon tush ko‘rgan kishi chap tomonga yengilgina tuflab: “Robbim! Ko‘rgan tushimni yomonligidan panoh so‘rayman”, deb qo‘yadi.

Ba’zi ulamolar imkon bo‘lsa o‘rnidan turib, tahorat olib, ikki rakat nafl namoz o‘qigani hamda biroz sadaqa qilib qo‘ygani yana ham yaxshi, deyishgan.
Shuningdek, tush inson taqdirini belgilamaydi. Tushga ortiqcha baho berib, uni hayot mezoniga aylantirish to‘g‘ri emas. Biz dinimiz ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qilsak, ham moddiy, ham ruhiy tarafdan sog‘lom, irodamiz mustahkam bo‘ladi. Vallohu a’lam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.