– Ota-onaning bolaga: “Lapashang”, “Ahmoq”, “Odobsiz” kabi ѐqimsiz so'zlar bilan murojaat qilishi eng katta xatodir. Aslida kamchilik farzandning o'zida emas, ishida;
– urib-so'kib tarbiyalash. Farzand noto'g'ri ish qilganida tanbeh berish, urish-so'kishdan ko'ra
yaxshi ko'rgan narsalaridan mahrum qilish, gapirmaslik ѐki qovoq uyish samarali bo'ladi;
– noto'g'ri rag'batlantirish. Ota-ona bolalalarining yaxshi ishlarini mukofotlashda shirinlik ѐki pul berish bilan birga savob bo'lishini, evaziga jannatga erishishini ham uqtirsin;
– bolalarni bir-biriga qarama-qarshi o'stirish. Bir oilada tug'ilib o'sgan bolalarning ham shaxsiyati turlicha bo'ladi. Ularni zehni, qobiliyati past-balandiga qarab yo'naltirish lozim. Aks holda bir-biriga solishtirish bilan oralari buzilishi mumkin;
– ѐmon duo qilish. Farzandi jahlini chiqarsa, ayrim onalar darrov qarg'ashga tushadi. Buning
oqibati juda ѐmon;
– va'da berib bajarmaslik. Ota-ona va'dasida turmasa, ishonchini yo'qotadi. Masalan, “Kel, urmayman”, deydi. Ammo kelganida uradi. “Bunday qilsang, uni olib beraman”, deydi, lekin so'zida turmaydi.
– farzandini ѐmon holatlarga guvoh qilishi. Sha'nini yuksaltirish, botirlikka o'rgatish
o'rniga tahqirlaydigan manzaralarni ko'rsatish bola qalbini sindiradi;
– ѐqtirmagan narsasini sovg'a qilish;
– ѐlg'on gapirish. Odatlarning eng ѐmoni ѐlg'on so'zlashdir. Bola o'rnak oladigan kishilar ѐlg'on gapirib tursa, uyam shunga odatlanadi.
Baxtli hayot sari kitobidan
Romitan tuman “Mahallai bolo” jome' masjid
imom-xatibi Najmiddinov G'ayrat