Yangi O'zbekistonda ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa sohalarda ko'p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan yurtdoshlarimizni davlatimizning yuksak unvon, medal' xamda ordenlari bilan mukofotlash an'anasiga katta e'tibor qilinmoqda.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni bilan bir guruh vatandoshlarimiz taqdirlandi.
Mukofotlanganlar orasida Prezident maslahatchisi, O'zbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori, davlat va jamoat arbobi, mohir tarjimon Shoazim Minovarov “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni sohibi bo'ldilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan Shoazim Minovarovni samimiy muborakbod etadi.
Alloh taolodan din, xalq va Vatan yo'lidagi xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar bardavom bo'lishini tilaymiz, mustahkam sog'liq, uzoq umr va oilaviy baxt yor bo'lishini so'raymiz!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
1. Dardga shifo izlash.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Davolaninglar! Alloh azza va jalla qaysi bir dardni bergan bo‘lsa, uning shifosini ham bergan”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
2. Gunohlar mag‘firat qilinishiga umid qilish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonga qay bir musibat – horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am – g‘ussami, hattoki tikan kirishimi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur”, deganlar.
3. Ushbu duoni o‘qish.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida:
“Bismillahil Kariym, a’uzu billahil aziym, min sharri kulli hirqin nahhar vamin sharri harrin nar”
“Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug‘ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning va do‘zax o‘tining yomonidan panoh tilayman”, deb aytishni o‘rgatganlar (Imom Ibn Sunniy rivoyati.)
Davron NURMUHAMMAD