Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2025   |   21 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:24
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:53
Bismillah
13 Sentabr, 2025, 21 Rabi`ul avval, 1447

Oqil bilan dononing farqi nimada?

31.07.2021   2615   2 min.
Oqil bilan dononing farqi nimada?

“Oqil”  arabcha so'z bo'lib, u o'zbek tilida “aqlli”, “aql egasi”, “farosatli” degan ma'nolarni anglatadi. “Oqil” so'zi “O'zbek tilining izohli lug'ati”da bunday izohlanadi: “Oqil (arabcha) - aqlli, farosatli, ba'ma'ni”. Ma'lumki, o'z aqliga suyanib ish qiladigan kishini oqil kishi deyiladi. Oqil kishining o'z fikri va xulosasi bo'ladi. U hayotdagi barcha ishlarini foyda-yu zararga qarab, har bir narsani hisob-kitob bilan bajaradi.

“Dono” so'zi esa o'zbek tiliga fors tilidan o'zlashgan so'z hisoblanadi. U o'zbek tilida “donishmand”, “bilimdon”, “hikmatli” degan ma'nolarni anglatadi. “Dono” so'zi “O'zbek tilining izohli lug'ati” da: “Dono (forscha) biluvchi, bilimdon, donishmand” deb izohlanadi. Yuqori darajada bilim, tajribaga va hikmatga ega bo'lgan kishi dono deyiladi.

Ho'sh, oqil bilan dono kishining nima farqi bor?

Oqil kishi biror yomon vaziyatga tushib qolsa, bu vaziyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, aqlini ishlatib o'zini yomon holatdan qutqazadi. Dononing oqildan farqi shuki, dono kishi o'zini bilimi va tajribasidan kelib chiqib, o'zini  yomon vaziyatlarga tushib qolish ehtimoli bor joy va holatlardan asraydi.

R. Akbarov,

O'zbekiston musulmonlari idorasining

Qashqadaryo viloyati vakilligi xodimi

 

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

12.09.2025   1855   1 min.
FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

#xabar #fatvo 
 Bishkek shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining VI yig‘ilishi doirasida mazkur tuzilma qoshidagi Fatvo hay’atining II majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan fatvo mutaxassislari tomonidan bir qator fiqhiy masalalarning yakuniy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

 Xususan, oila, nikoh, ajrim, inson organlarini ko‘chirish, haj va umra, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli  borasida yuzaga kelgan shar’iy masalalar haqida zamonaviy fatvolar loyihalari puxta ko‘rib chiqildi. 

 Hamjihatlik ruhida o‘tgan yig‘ilishda ulamolar diniy masalalarni birgalikda muhokama qilib, umumiy yechimga kelish an’anasini boshlab berdilar. Bu esa musulmon ummatining birdamligini mustahkamlaydi, ixtiloflarning oldini oladi va turkiy xalqlar orasidagi birdamlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

 Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilishda qo‘shma qarorlar yuzasidan chiqarilgan fatvolar loyihalarini ko‘rib chiqish va imzolanish uchun Turkiy davlatlar muftiylari kengashiga taqdim qilindi.

 Ma’lumot o‘rnida, Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati 2023 yil 25 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar muftiylari kengashining IV yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining taklifi bilan tuzilgan edi. 

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati 

FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI