Nuaym ibn Mas'ud Ashjaiy G'atafoniy. U Handaq g'azotidan oldin imonga kelib, topqirligi va uddaburonligi bois qon to'kilishining oldini olgan.
Kunyasi: Abu Salama Ashja'iy. Nuaym ibn Mas'ud zakovatli, hassos qalbli, tadbirli yigit edi. U uddaburon va topqirligi bilan boshqalardan ajralib turardi. Biroq u dunyo lazzatlarini yaxshi ko'rardi. Orombaxsh qo'shiq eshitgisi kelsa, Najdni tark etib Yasribga borardi, ko'ngilxushliklarga pulini ayamasdi. Shu bois yasribliklar, ayniqsa, Bani Qurayza bilan osh-qatiq bo'lib ketgandi.
Alloh taolo Nabiy alayhissalomni haq din va hidoyat bilan yuborganda Nuaym ibn Mas'ud odaticha dunyo lazzatlariga berilgan edi. U ba'zi qurayshliklar kabi yangi dinni qabul qilishdan voz kechdi. Hatto Madinaga bostirib kelgan Abu Sufyon boshliq lashkar tarkibidagi Najdning G'atafon qabilasi lashkari safida Nuaym ham bor edi.
O'shanda musulmonlar ularni shahar atrofiga xandaqlar qazib kutib olishdi. Voqeani Nuaymning o'zi bunday hikoya qiladi:
«Men Bani qurayzalik Ka'b ibn Asadnikiga borib bir necha kun sharobidan ichib, taomidan eb, mehmon bo'ldim. Ketar chog'im tuyamga xurmo ortib berishdi. Uni olib oilamga qaytdim. Bu orada Abu Sufyon boshliq qurayshliklar hamda G'atafon va qurayzaliklardan tarkib topgan qo'shin Payg'ambarimiz alayhissalomga qarshi yurish boshladi. Men ham qavmim bilan birga bordim. O'sha vaqtda hali musulmon emasdim.
Handaq voqeasidan oldin o'zim bilan o'zim ko'p bahslashdim: “Haq din olib kelgan Payg'ambar va uning tarafdorlariga qarshi kurashishga qanday bahona topaman? Hech bir sababsiz qon to'kishning kimga keragi bor?” deb vijdon azobida qoldim. Nihoyat...
Davomi bor...
"Hidoyat" jurnalidan
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.
Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.
Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.
Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.
Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.
Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:
“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).
Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.
Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!
Zayniddin domla ESHONQULOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari