Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hadislarining birida: “Butun er yuzi men uchun ibodat maskani va poklanish vositasi bo'lib yaratilgan va mening jamoatimdan har qanday odam namoz topgan joyda ibodat qilishi mumkin" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Yaqinda o'tkazilgan bir tadqiqotda olimlar tuproqda eng qiyin bakteriyalar turlarini tozalaydigan va yo'q qiladigan antibiotiklar mavjudligini aniqladi. Bu esa o'z navbatida erni dezinfektsiyalovchi ekanligini isbotlamoqda.
Ushbu tadqiqot doirasida olimlar erdan foydalanib, oson bo'lmagan bakteriyalar turlarini yo'q qiladigan vosita yaratishga harakat qilishdi. Laboratoriyadagi sinovlardan so'ng ular 24 soat ichida er butun bir bakteriyalar oilasini yo'q qilishga qodir ekanligi va Yerdan foydalanmagan sinovlarda bakteriyalar oilasining 45 barobarga ko'payganini aniqlashdi.
Natijada olimlar Yerda antibiotiklar mavjudligini aniqladi, ularsiz sayyoramizdagi hayot inson tanasiga kirib, o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan virus va bakteriyalar tufayli mavjud bo'lmaydi. Biroq Yaratgan Parvardigormizning inoyati bilan hayotimiz davom etishini ta'minlash uchun tabiatda poklanish xususiyatini o'rnatdi. Bu yaxshilik uchun faqat Qodir Allohga cheksiz hamd bildirishimiz darkor.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Men yaqinda namoz boshlaganim uchun attahiyot va salovatlarni sekin o‘qiyman. Masjidda imom salom berganda men endi attahiyotni tugatgan edim. Imom salomidan keyin salovatlarni o‘qib keyin salom berdim. Namozim buzilmaganmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Aslida bunday holatda attahiyotdan keyin salom berishingiz kerak edi. Chunki imomga ergashish vojib, salavotni o‘qish esa sunnat amaldir. Vojib sunnatdan yuqori turgani uchun sunnat tark etilib, vojibga amal qilinadi.
Salavotni o‘qib, keyin salom berganingiz uchun namozingiz buzilmagan, ammo keyingi namozlarda yuqoridagi hukmga amal qiling. Chunki vojib amallarda imomga kechikmay ergashish ham vojib sanalib, bunga amal qilmaslik gunohkorlikka olib keladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.