Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

«Önce Vatan» gazetasi: Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hadis kitoblari Islom dini sofligiga xizmat qilgan

09.07.2021   1710   3 min.
«Önce Vatan» gazetasi: Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hadis kitoblari Islom dini sofligiga xizmat qilgan

Turkiyaning ommabop «Önce Vatan» gazetasida «Yangi O'zbekiston» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Unda O'zbekistonning boy tarixi, madaniyati, sayyohlik salohiyati va zamonaviy rivojlanishiga oid atroflicha ma'lumotlar turk o'quvchilarining e'tiboriga havola qilingan.

Jurnalist Irfon Hattoto'g'li qalamiga mansub ushbu maqolada O'zbekiston va Turkiya o'rtasida do'stlik va strategik aloqalar tobora rivojlanib borayotgani hamda yangi hamkorlik yo'nalishlarining poydevoriga zamin yaratilayotgani qayd etilgan.

«Turkiy xalqlarning sarchashmasi bo'lgan O'zbekiston bag'rida joylashgan Movarounnahr mintaqasi qadimdan ilmu irfon markazi bo'lib kelgan, Imom Buxoriy va Imom Termiziy muallifligidagi hadis kitoblari bilan Islom dini sof poydevorining qurilishiga xizmat qilgan. Bu tuproqda yashagan Muhammad Horazmiy matematika fanining asoschisi edi. Farobiy, Ibn Sino kabi mutafakkirlar esa falsafa va tibbiyot ilmida barhayot asarlar yozib qoldirgan», - deya ta'kidlaydi turk gazetasi.

Muallifga ko'ra, buyuk tarixi bilan butun dunyoni lol qoldirgan O'zbekiston zamini bugungi zamonaviy taraqqiyot pillapoyalarida ham shaxdam qadamlar bilan odimlamoqda. So'nggi besh yilda esa O'zbekiston butun dunyoga qaytadan o'z salohiyatini namoyon etmoqda. O'z darvozalarini do'st mamlakatlar, shu jumladan, Turkiya uchun ochdi.

«Renessans davrlarining beshigi bo'lgan O'zbekiston o'z mustaqilligini 1991 yilda qo'lgan kiritgan bo'lsa-da, bugunga qadar mushtarak rishtalarimiz etarli darajada emas edi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yil dekabrda Prezident etib saylanishi bilan mamlakatning yangi davrga kirishi nishonalari ma'lum qilindi, - deb yozadi muallif. - Mamlakat mustaqilligining 30 yilligi nishonlanadigan bu yil O'zbekiston yirik bir qurilish maydoniga aylangan. Ilm-fan, texnologiyalar, chorvachilik, fermerlik, konchilik, to'qimachilik sohalariga kiritilgan sarmoyalar, eksportni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan e'tibor, xalqaro tashkilotlarga a'zolik, qo'shni mamlakatlar bilan samimiy hamkorlik munosabatlari O'zbekistonning yangi imijini shakllantirib ulgurdi».
34 milliondan ko'proq xalqi bilan Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng ko'p sonli aholiga ega bo'lgan mamlakatning so'nggi besh yilgi rivojlanish tezligi 7 foizga o'sdi. Mamlakatda aholi farovonligi ham yuksalib bormoqda.

Maqolada qayd etilishicha, so'nggi yillardagi investitsiyalar oqimi va amalga oshirilayotgan loyihalar natijasi o'laroq, ishsizlik nisbati 11,1 foizga kamaydi. Huquqiy davlat, erkinlik, demokratlashish, xotin-qizlarning haq-huquqlari, gender tengligi, bardavom taraqqiyot, korruptsiya, ekstremistik oqimlar va terrorchilikka qarshi kurashish - O'zbekiston rahbarining ustuvorliklari orasidan joy olgan.

«Yangidan uyg'onish davrini o'z boshidan o'tkazayotgan O'zbekistonda boshlangan islohotlar o'z mevasini bera boshladi. Yangilanishlar ko'plab yangi hamkorlar va chet el sarmoyadorlarining investitsiya kiritishiga yo'l ochmoqda hamda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning mamlakatga kirishi bilan Yangi O'zbekiston butun dunyoning e'tiborini o'ziga tortmoqda», - deb yozadi «Önce Vatan» .

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

14.07.2025   3638   2 min.
Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.

Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.

Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.

– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari
O'zbekiston yangiliklari