Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

BAA dunyoda aholisi eng ko'p emlangan mamlakat bo'ldi

07.07.2021   1842   1 min.
BAA dunyoda aholisi eng ko'p emlangan mamlakat bo'ldi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Seyshel orollarini chetlab o'tib, dunyodagi eng ko'p emlangan davlatga aylandi. Bloomberg ma'lumotlari shu xabarni tasdiqlagan.

Agentlikning ma'lumotlariga ko'ra, BAA rasmiylari mamlakat aholisining 72,1 foizini, ya'ni qariyb 10 million kishini koronavirusga qarshi emlagan. Bu dunyodagi boshqa barcha davlatlarga qaraganda aholini emlashning yuqori darajasi sanalib, Birlashgan Arab Amirliklari Seyshel orollarini ortda qoldirdi, bu erda aholining 71,7% (100 mingga yaqin kishi) emlangan.

Ushbu hafta AQSh o'z fuqarolarini BAAda virus tarqalishi bilan bog'liq vaziyat tufayli mazkur davlatga bormaslikka chaqirdi. O'z navbatida Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolariga Amerika Qo'shma Shtatlariga sayohat qilishni taqiqladi.

Birlashgan Arab Amirliklarida emlash ishlari Hitoyda ishlab chiqariladigan Hitoyning Sinofarm preparati yordamida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, BAA Moderna, Pfizer va Astra Zeneca vaktsinalarini ham tasdiqladi.

 

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   78034   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari