Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Fevral, 2026   |   17 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:10
Quyosh
07:30
Peshin
12:42
Asr
16:02
Shom
17:48
Xufton
19:02
Bismillah
05 Fevral, 2026, 17 Sha`bon, 1447

Chechenistonda “Imomlar yurtiga sayohat” nomli taqdimot o'tkazildi

06.04.2021   1511   3 min.
Chechenistonda “Imomlar yurtiga sayohat” nomli taqdimot o'tkazildi

Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasida O'zbekistonning ziyorat turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi. Shu bilan birga, tadbir doirasida ikki tomon turoperatorlari o'rtasida B2B uchrashuvlar o'tkazildi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirig'i bilan o'tkazilayotgan bu tadbirlar chechenistonliklarda katta qiziqish uyg'otdi.

Grozniy shahrida o'tgan O'zbekistonning ziyorat turizm taqdimot marosimini Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi maslahatchisi O'tkir Saidov ochib berdi hamda yig'ilganlarga so'nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasi rivojiga qaratilayotgan yuksak e'tibor va islohotlar haqida so'zladi va barchani O'zbekistonga sayohat qilishga chorladi.

Shundan so'ng Checheniston Respublikasi Hukumat raisi o'rinbosari Djanbulat Umarov ikki mamlakat rahbarlari olib borayotgan oqilona siyosat va mamlakatlararo do'stona aloqalarni e'tirof etdi.

“Ulkan faxr bilan sizlarga Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Ahmadovich Kadirovning salomini va iliq tilaklarini etkazishdan mamnunman. Biz sizlar bilan buyuk Islom tsivilizatsiyasi izdoshlari hisoblanamiz. Jahon tarixiga nazar tashlasak, aynan o'zbek xalqi o'zining olimu allomalari, me'morlari, mutafakkirlari va shoirlari, tabiblari bilan buyuk islom tsivilizatsiyasiga asos solganlardan biri bo'lgan. Sizni qardosh xalqqa do'stlik va hamkorlik maqsadida yo'llagan Prezidentingizga katta rahmat”, - dedi u.

Bundan tashqari, tadbirda Checheniston Respublikasi Turizm vaziri Muslim Baytaziyev ham so'zga chiqdi:
“O'zbek xalqi bilan uzoq tarix bizni bog'lashi bizni juda quvontiradi. Yaqin yillardagina turizmni rivojlantira boshlagan respublika sifatida O'zbekistonning bu boradagi tajribasini o'rganish va o'zlashtirish biz uchun juda muhim”.

Shuningdek, vazir O'zbekiston va Checheniston turoperatorlari B2B formatida uchrashuvlar doirasida yangi turistik yo'nalishlar va turmahsulotlar ishlab chiqish, o'zaro manfaatlik hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib olishganini qo'shimcha qildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitami tomonidan o'tkazilgan ziyorat turizm taqdimoti hamda taniqli hattot Habibulloh Solih tomonidan namoyish etilgan mahorat darsi yig'ilganlarda katta qiziqish uyg'otdi.

Bundan tashqari, Grozniy markazida chechenistonliklar uchun o'zbek xalqining gastronomik boyligi hisoblangan palov tayyorlanib, o'zbekona dasturxon yozildi. Tadbir yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi va ular bu kabi targ'ibot tadbirlarini tizimli ravishda o'tkazish istagini bildirishdi.

Qayd etish lozimki, Checheniston Respublikasiga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibidan O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston musulmonlar idorasi, Halqaro islom akademiyasi, O'zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari o'rin oldi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Chechenistondagi ziyorat turizm targ'ibot tadbirlarini o'tkazishda yaqindan yordam bergan O'zbekistonning RFdagi elchixonasi hamda Rostov-Dondagi Bosh konsulligiga minnatdorchilik bildiradi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+)

04.02.2026   3099   1 min.
Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan muborak Ramazon oyidagi Xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etuvchi qorilarni saralash va tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda.
 

Shu yilning 4 fevral kuni «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» majmuasida Toshkent shahar masjidlarida tarovih namozlarida xatmga o‘tadigan qorilar bilan navbatdagi suhbat o‘tkazildi.


Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum qorilarga xatm qilish odoblari, tajvid qoidalari, xususan, vaqf va ibtido (to‘xtash va boshlash) ilmi bo‘yicha mahorat darsi va ma’ruza qildilar.


Shuningdek, malakali ustozlar tomonidan qorilarning tayyorgarlik darajasi ko‘rikdan o‘tkazilib, muborak oy davomida Qur’on tilovatini yuksak saviyada ado etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

AlQuran.uz


 

Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+) Ramazonga tayyorgarlik: qorilar suhbatdan o‘tkazilmoqda (foto+)
O'zbekiston yangiliklari