Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Checheniston birinchi prezidenti Ahmat hojining yurtimizga oid xotira materiallari Qodirov Davlat galereyasiga topshirildi

06.04.2021   1206   1 min.
Checheniston birinchi prezidenti Ahmat hojining yurtimizga oid xotira materiallari Qodirov Davlat galereyasiga topshirildi

Checheniston Respublikasi poytaxtiga Rustam Qo'rg'onboyev va Ho'jabahlil Asamovlardan iborat O'zbekiston delegatsiyasi keldi, deb xabar berdi grozny.tv. Ular Checheniston aholisi uchun O'zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlarini taqdim etdilar.

"Diniy sayohatlar mintaqada ham, xorijda ham turizmni rivojlantirishga hissa qo'shadi, ikki respublika o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydi va yosh avlod o'rtasida ta'lim olish imkonini beradi", - deydi Checheniston turizm vaziri Muslim Baitaziyev.

Delegatsiyada Buxoro madrasasi Miri Arabda tahsil olgan, Chechenistonning birinchi Prezidenti, Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirovning ustozi bo'lgan hattotlik o'qituvchisi Habibullo Solihov ham bor edi. U kishi Checheniston Respublikasining birinchi prezidentiga tegishli xotira narsalarini Qodirov Davlat galereyasiga topshirdi.

Yig'inda Ingushetiyadan turizm vazirligi vakillari va sayyohlik kompaniyalari vakillari ham taklif etildi. Shuningdek, Checheniston Respublikasi diniy idorasi vakillari, mintaqa ijro etuvchi organlari, Grozniydagi Rossiya tashqi ishlar vazirligi va mintaqa turizm sohasi vakillari ishtirok etishdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   1618   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).