AQShning Oklaxoma shtati musulmonlari tarixiy lahzani nishonladi - imom shtat Senatining yig'ilishi boshlanishidan oldin islomiy duo o'qidi. Imad Inshassi Oklaxoma tarixida davlat qonunchilari oldida arab tilida muqaddas matnni o'qigan birinchi musulmon etakchisiga aylandi.
Imom Inshassi 2017 da Senat yig'ilishida ishtirok etish uchun murojaat qildi, ammo sababi ko'rsatilmasdan rad etildi. Islamisemya.com xabariga ko'ra, keyinroq kapellanlarni ishtirok etish uchun qoidalar o'zgartirildi va nasroniy bo'lmagan ruhoniylaring senatorlar majlislarida ishtirok etishi uchun ruxsat berildi.
Imom Inshassi norozilik namoyishlariga chiqqanlarga uchramaslik va mas'uliyatli nutqqa ruhiy tayyorgarlik ko'rish uchun Senatga 2 soat oldin kelgan. Qur'ondan parchalar o'qib bo'lgach, bir necha senator musulmon etakchisiga yaqinlashib, uni qo'llab bag'riga bosdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir safar aeroportdan mehmonxonaga taksi oldim. Mashina toza, haydovchi xushmuomala edi. O‘zini Ahmad deb tanishtirib, qo‘limga kartochka berdi: “Vaqtingiz xayrli o‘tsin. Mening vazifam – sizni manzilingizga eng tez, eng xavfsiz, eng kam xarajat va eng muhimi – halol xizmat ila yetkazish”.
Yo‘lda menga yana turli qulayliklarni taklif etdi.
— Hamma mijozlar bilan shunday iltifotlimisiz? – degan savolimga biroz tin olib dedi:
— Rostini aytsam, bu tarzda ishlashni ikki yil oldin boshlaganman. Undan oldin ko‘pchilik haydovchilar qatori edim. Vaqti-vaqti bilan haqni oshirib yuborish, mijozga yolg‘on gapirish, nolish va shikoyat qilish oddiy hol edi. Mashina ham, qalb ham toza emas edi.
— Keyin nima bo‘ldi?
— Bir kuni mashinam radiosidan “tanlash kuchi” haqida eshitib qoldim. Hayotimdagi ko‘p narsa tanlovimga bog‘liq ekan. Ishimni yuzaki, nolib emas, vijdon bilan, halol bajarsam, mijozlarim ko‘p, ko‘nglim xotirjam bo‘ladi. Oson yo‘lni tanlasam — pul bo‘lishi mumkin, lekin baraka bo‘lmaydi. Shunda o‘zimga so‘z berdim: endi ishimni halol qilaman. Yo‘lni aylantirib haqni oshirmayman. Vaqtni o‘g‘irlamayman. Mijozga u istaganday xizmat qilaman.
Natijasini Alloh ko‘rsatdi. Birinchi yilning o‘zida daromadim ikki barobar ortdi. Bu yil esa to‘rt barobarga yetdi. Eng muhimi, qalbim xotirjam. Endi mijozlar o‘zlari menga qo‘ng‘iroq qilib, oldindan band qilishadi. Chunki odamlar halol xizmatni zumda anglaydi va qadrlaydi.
Bu so‘zlar meni o‘yga toldirdi. Shunda angladim: halollik — katta shior emas, kundalik eng oddiy odat va qo‘yiladigan eng to‘g‘ri qadam ekan. Aynan shu fazilat insonga baraka va xotirjamlik olib kelar ekan.
Abdulhay XUSHVAQTOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi