Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

UY BYeKALARI TYeJAMKOR BO'LSA....

02.04.2021   2551   7 min.
UY BYeKALARI TYeJAMKOR BO'LSA....

Yuksak qadriyatlarimiz, muqaddas dinimiz odob va tarbiyani savob, tarbiyasizlikni gunoh deb hisoblaydi. Shuning uchun tarbiya qadriyatlarimiz va dinimizning asosiy mag'zini tashkil etadi. Jamiyat a'zolari dabdabali havaslarga berilmasligi uchun odob va tarbiya suv va havodek zarur desak, mubolag'a bo'lmaydi. Zero, dabdaba ko'p hollarda Haq va haqiqatdan uzoqlashtiradi.

Bilamizki, muqaddas kitobimizda Tangri taolo oyatlar ni nozil qilib, haqiqatlarni bayon etgan, hoy-havaslardan odamzotni qutqarish yo'llarini ko'rsatib bergan. Ilohiy ko'rsatmalar insonlarni zulmatdan haqiqatga, aniqrog'i to'g'ri yo'l kabi oliy maqsadlarga etkazadi.

Agar insonlar Alloh qaytargan amallarni davom ettirib, oila va jamiyatda hoyhavasga ergashsa botil va noto'g'ri yo'llarga olib ketishlari tarixiy voqealarda o'z aksini topgan. Hadislarda bu borada yuqoridagi maqsadlarga erishish nuqtai nazaridan jamiyatga shunday murojaat etiladi: "Farzandlaringizga go'zal xulq-atvor o'rgatingiz, ularni o'z hollariga tashlab, hoy-havaslarga berilib ketishlariga yo'l qo'ymangiz".

Ma'naviy ozuqa inson aqlini va ruhiyatini yuksaltirishda qanchalik lozim bo'lsa, moddiy ozuqaning me'yor va chegarasi, uning bilimini o'rganish katta e'tiborga molik vazifalardan. Bundan kelib chiqib, jamiyat va oilada qadriyatlarimiz, dinimiz buyurgan ezgu amallarga chorlash va jamiyatda qaytarilgan gunoh ishlarga qo'l urmaslikni takror-takror etkazib turishlik har bir jamiyat, oila a'zosi zimmasidagi yuksak burchdir. Zotan, qaytariqlardan hisoblangan isrof illati oilada paydo bo'ladi, buning oldini olish dastavval oilada qoim bo'lishi kerak. Demak, oilaning rahbarlari - ota-ona bu mas'uliyatli vazifani ongli ravishda bajarishliklari talab etiladi.

Shuningdek, halol rizq topish uchun halol ishlash, hayotda nasibani pok holatda iste'mol qilish uchun bor imkoniyatni ishga solish lozim. Iqtisod bilan oz narsa ko'payadi, isrofgar esa ko'pni ham ozaytiradi. Bularning ilmiga ega bo'lish har bir zamonning talabidir. Chunki, ilm doim hokimdir, mol-dunyo unga tobe'dir. Demak, moldunyoni ilm bilan sarf qilish insonga sharaf keltiradi. Oilada iqtisodiy muammolar birgalikda echiladi. Unda asosiy maslahatchi bo'lib, buyuk zot bo'lgan ayollar o'rin olaDI.

Shunga ko'ra har bir ayol o'z mavqei doirasidagi ilmlarni egallashga harakat qilishi zarur bo'ladi va bunga hech kimning qarshilik qilishga haqqi yo'q. Aksincha, qiz bo'lsa otasi, singil bo'lsa akasi, umr yo'ldoshi bo'lsa turmush o'rtog'i zarur bo'lgan foydali ilmlarni egallashi uchun imkoniyat yaratib berishlari lozim bo'ladi.

 Ayolning o'z zimmasidagi vazifalarini xolis ado etishi oilaning farovonligi, undagi muhitning barqaror bo'lishini ta'minlaydi. Shu bilan bir- bi ga jamiyatni tanazzulga olib boruvchi n' salbiy illatlarning oldini olib, rav- ta naqiga o'z hissasini qo'shadi. Buning uchun esa ayollar oqila, diyonatli va ilmli bo'lishlari talab qilinadi.

Shuning uchun ham Islom dini ayollar ning ilm olishiga nafaqat ruxsat be radi, uni farz deb, e'tirof etadi.

Hususan, oiladagi rivojlanish, isrofsiz hayot kechirish ayollardan ko'p u narsani talab etadi. Zero, oila rahbari erkak ham ayolidan har bir ishda maslahat oladi. Bu maslahatlarni dono, tadbirkor ayol iqtisodni o'ylagan holatda tejamkorlikni oldingi  o'ringa qo'yib maslahat beradi. Tarixdan ma'lumki, payg'ambarlar, hoqonlar, hukamolar oilalari - umr yo'ldoshlari zukkolikda, donolikda ibrat bilan tilga olinadi. Bu fikrimizning isboti o'laroq dinimiz tarixida yuksak zakovata ega bo'lgan Payg'ambar ayollari tadbirkor ayol - Oisha roziyallohu anhoning barcha sifatlari ham kamolotning yuksak fazilatlaridan deb e'tirof etiladi. U kishining buyuk hayotini diqqat bilan o'rgangan olimlar boshqalarda bo'lmagan qirqdan ziyod komillik sifatlari bor ekanini ta'kidlashadi. Ana shuning uchun ham bu haqda namuna sifatida bir ikki og'iz so'z aytmoqni joiz deb bildik.

Oisha roziyallohu anhoning jamiyatda tutgan oliy maqom o'rinlari ichida tarbiyachilik o'rni ham ulug' edi. U kishining gaplari barchaga barobar ta'sir qilar edi. O'zlari ham kishilarga ta'lim-tarbiya berishda faol edilar. Tarbiya xoh kasb-kamolot bo'lsin, xoh oilaviy masalalarda bo'lsin, xoh ijtimoiy-siyosiy vaziyatda bo'lsin, xox diniy bilimda bo'lsin jamiyatning salohiyati uchun o'z hissalarini qo'sha oldilar Ayollarga berilgan oliy martaba va hayotdagi o'rinlarini yuksakka ko'tardilar.

Ana shu oliy himmatlardan biri shundan iborat ediki, oilasi uchun mehnat qilayotgan ayollarni ko'rsalar zavqlanib, ular haqiga ko'p yaxshi so'zlarni bayon etar edilar. Jumladan Bir kuni bir ayolning qo'lida urchuqning izini ko'rib qolib: "Senga Alloh tayyorlab qo'ygan narsalarning bashobatini beraman", - deb shunday dedipar:

"Ey ayollar jamoasi! Alloh sizmar uchun tayyorlab qo'ygan narsalarning ba'zisini ko'rganingizda erta-yu kech tinim bilmas edingiz.

Qay bir ayol o'zi, eri va bolalari uchun urchuq yigirsa, albatta, Alloh azza va jalla unga jannatdan mag'rib va mashriqdan kengroq uy beradi. Unga har bir to'qigan kiyimi uchun yuzlab qasrlar mukofot qilib beriladi.

Ey ayollar jamoasi! Erlaringizga itoat qilingiz, bolalaringizga harakat qilganingiz uchun sizlarga Alloh taoloning xuzuridagi narsalarning bashoratini qabul qiling.

Sizlar u dunyoda anbiyolarning ayollari bilan birga jannatga birinchi borganlardan bo'lasiz. - Alloh taolo sizlarning katta gunohlaringizdan tashqari barcha gunohlaringizni mag'firat qiladi“.

Yuqoridagi nasihat-o'gitlardan kelib chiqib, qurilgan muqaddas oilaning doimo farovonligini o'ylash va buning tadbirini topishga yordamlashish, mablag'ni isrofdan saqlash azaldan ayol zoti zimmasida bo'lishini oila tarixida kuzatib kelinadi.

Agar oilaning moddiy jamg'armasi yaxshi bo'lsa, uni bir xil holda ushlab turishga erishish kibru havoga berilmasdan, isrof qilmasdan sarflashga bog'liq bo'ladi. Tejamkorlik  - uy bekalarida bo'lsa, bu qanday yaxshi. Aksincha, erkak mehnati evaziga kelgan mablag'ni oilaga oqilona sarf qilmasdan isrof holatiga olib kelish bu juda achinarli holdir.

Abdulhay TURSUNOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakili

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

"Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..."

16.07.2025   1301   1 min.

 

VIDEO