Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2026   |   16 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:15
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
26 Noyabr, 2026, 16 Jumadul soni, 1448

Mutakabbirlik - 58 qism

10.11.2023   6313   3 min.
Mutakabbirlik - 58 qism

Mag'rur nafs – kasallikka chalingan nafsdir. Bu illat bir lahzalik zavq olish istagida va o'z xohish-istaklarini qondirish uchun boshqalarning xohishlariga zarar etkazishda namoyon bo'ladi.

Muolaja uslubi

Shuni unutmaslik kerakki, Alloh taolo boyligi bilan odamlarni kamsituvchi, ularga pastnazar bilan qaraydigan insonlarni yoqtirmaydi. Bu haqda Alloh taolo aytadi: «Albatta, Qorun Muso qavmidan edi. Bas, u (qavm)larga kibr qildi. Biz xazinalardan unga kalitlari baquvvat jamoatga ham og'irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. O'shanda qavmi unga: “Mag'rurlanmagin! Chunki Alloh mag'rurlanuvchilarni suymas”» (Qasos surasi, 76-oyat).

Qorun Muso alayhissalomga amakivachcha edi. Tavrotni yaxshi o'qib, o'rgangan bo'lsa-da, Somiriyga o'xshab munofiq, hasadgo'y va mutakabbir edi. Boyligi shu qadar behisob ediki, xazinalarining kalitlari oltmishta xachirga yuk bo'lardi. Ammo imtihon o'laroq berilgan mol-dunyosi bilan g'ururga ketdi. Alloh va Muso alayhissalomga osiylik hamda mutakabbirlik qilgani uchun uni er yutdi. Alloh taoloning lutf va ehsoniga noshukrlik qilgan va kibrga ketgan insonlar ana shu Qorunga o'xshatiladi.

Demak, mo'min kishi o'tkinchi dunyoning zeb-ziynatlariga muhabbat qo'ymasligi, mol-dunyosi bilan odamlarga mag'rurlanmasligi, ulardan o'zini ustun deb bilmasligi kerak ekan. Balki o'z nafsini poklash, axloqini sayqallash bilan mashg'ul bo'lishi, qilgan gunohlariga afsus-nadomat chekishi va Allohning oldida har bir amali uchun javob berishini unutmasligi lozim. Hamisha o'z nafsini hisob-kitob qilgan, ayb-nuqsonlarini yodidan chiqarmagan insonning qalbi siniq bo'ladi. Bunday bandada mag'rurlanish, kibrlanish illati yo'qoladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'ziga xos axloqlari – doimo kamtar holda yurardilar.

Buyuk olim Molik ibn Dinor aytadi: "G'amgin bo'lmaydigan qalb halok bo'ladi, xuddi hech kim yashamaydigan uyga o'xshaydi".

Ato Sulaymoniydan: “Nima uchun g'amgin ko'rinasiz?”deb so'rashganida, u kishi: “Axir o'lim – bo'ynimdagi (aniq yo'liqadigan) haq narsa bo'lsa, qabr – uyim bo'lsa, Qiyomat kuni har bir amalim uchun hisob-kitob qilinsam, jahannam ko'prigi esa o'tishim kerak bo'lgan yo'lim bo'lsayu, shu holda mening holim endi nima bo'lishini bilmay tursam, qandoq mahzun bo'lmayin?”deb javob berdilar.

Abu Abdurahmon as-Sulamiyning
“Nafs illatlari va ularning muolajasi” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi.

 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

26.11.2026   603   1 min.
Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

 Mir Arab oliy madrasasi hamda Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan Nur-Muborak universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Mazkur hujjat ikki diniy oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan:
 

  •  ilmiy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash;
  •  ta’lim sifatini yanada oshirish;
  •  professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish;
  •  qo‘shma ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.



 Tashrif doirasida Nur-Muborak universiteti rektori Doktor Muhammad Vardani hamda universitet mas’ul xodimlari bilan rasmiy uchrashuv va samimiy suhbat tashkil etildi.

 Muloqot chog‘ida ta’lim sohasidagi istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida tashkil etiladigan turli xalqaro musobaqalar, tanlovlar va olimpiadalarda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 Ushbu kelishuv kelgusida ikki nufuzli ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Manba: https://t.me/Mirarabuz/45875


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi Xalqaro hamkorlik: Mir Arab oliy madrasasi va Nur-muborak universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi
O'zbekiston yangiliklari