Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Mart, 2026   |   27 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:15
Quyosh
06:34
Peshin
12:37
Asr
16:43
Shom
18:34
Xufton
19:46
Bismillah
16 Mart, 2026, 27 Ramazon, 1447

Qur'onda eng ko'p ta'kidlangan amal

04.03.2021   3167   2 min.
Qur'onda eng ko'p ta'kidlangan amal

Taqvo Qur'oni karimda eng ko'p ta'kidlangan amal. Sizning ham ko'p oyatlardan o'qiganingiz – taqvo haqidadir. Tasavvufning eng  muhim mavzularidan biri ham taqvodir. Hatto tasavvufni qisqacha: «taqvo yo'li» deydilar. Tasavvuf taqvo yo'lidir... Bu yo'ldan yurgan eng yaxshi mutasavvif bo'ladi. Eng yaxshi mutasavviflar eng taqvoli insonlardir.

Shuning uchun taqvoni o'rganmoq va taqvoga amal qilmoq lozim. Ya'ni Allohdan doimo qo'rquvdasiz, Haq yo'lini bilasiz... «Ajabo, Alloh menga marhamat etmasmi?.. Ajabo, bu so'zni so'ylaganda Allohim mendan rozi bo'lmasmi?.. Ajabo, Alloh menga qahr  qilmasmi?», – deb doimiy bir taraddud ichida bo'lishingiz kerak. Bu – «Alo hozirin», ya'ni doimo xavf ichida bo'lmoq deyilur... Kishi ehtiyotli, tadbirli, diqqatli, g'amxo'r, talabchan va e'tinoli musulmon bo'lishi zarur.

 

... إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ اللّهُ مِنَ الْمُتَّقِينَ (سورة المائدة:27)

Innamo yataqabbalullohu minal muttaqiyn ( «Al-moida»,27) – «Alloh faqat taqvodorlardangina qabul qilur» deb buyuriladi mazkur oyati karimada. Ibodatlarning qabul bo'lishiga sabab shu — taqvodir. Namozni taqvo bilan qilsang qabul bo'ladi. Zakotni, sadaqani taqvo yo'lida bersang, qabul bo'ladi.

Hazrati Odam alayhissalomning ikki o'g'li bor ekan. Ikkisi ham qurbonlik qilibdi. Birisiniki qabul bo'libdi, ikkinchisiniki bo'lmabdi. Sababi Qur'oni karim: «Alloh faqat taqvodorlardangina qabul qilur», – deydi. Taqvosizdan  qabul qilmas.  Taqvosiz, fikri buzuq, qalbi notoza, niyatida qusur bo'lsa qabul qilmas. Shuning uchun tasavvufni bir jihatdan «Taqvo yo'li» deydilar. Bu gunohlardan saqlanib, savobli ishlarni orqaga surmay, nazardan qochirmay yashash yo'lidir. Buni o'rganishingiz kerak.

 

"Islom va axloq" kitobidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

16.03.2026   448   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/7126

O'zbekiston yangiliklari