«O'zsanoatqurilishbank» ATB va Hususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (HSRIK) o'rtasida 25 mln AQSh dollarga teng moliyalashtirish liniyasi to'g'risida bitim imzoladi.
Unga ko'ra, HSRIK «O'zsanoatqurilishbank»ga kichik va o'rta biznes (KO'B) sub'ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirishning islom usullaridan foydalangan holda moliyalashtirishga ko'maklashadi.
Tomonlar bank mutaxassislarining yangi noan'anaviy bank mahsulot va xizmatlari haqidagi xabardorligi va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida soha mutaxassislari uchun moliyalashtirishning islom usullari (jumladan, Murabaxa - iste'mol krediti) bo'yicha o'quv-amaliy dasturlarni birgalikda tashkil etishga kelishib oldi.
Ushbu bitimning imzolanishi bankda shariat tamoyillari asosida yangi moliyaviy xizmat turlarini joriy etish va ITB guruhining qo'shimcha moliyaviy resurslarini jalb qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, shu yil iyun' oyida mamlakatimizda bo'lib o'tadigan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining yillik majlisi arafasida boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlar hamda islom moliyalashtirish usullari bilan shug'ullanuvchi investitsion fondlar uchun ham ijobiy belgi hisoblanadi.
Bu «O'zsanoatqurilishbank»ga HSRIK ajratilgan uchinchi moliyalashtirish liniyasidir. Bundan avval korporatsiya tomonidan 2009-2012 yillarda umumiy qiymati 18 mln AQSh dollarilik ikkita moliyalashtirish kredit liniyasi ajratilgan edi.
Ma'lumot uchun: Hususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (HSRIK) - Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi a'zolaridan biridir. Korporatsiyaning maqsadi - iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash va moliyalashtirish hamda investitsiyalarni taqdim etish orqali a'zo-mamlakatlarda xususiy sektorni rivojlantirishga ko'maklashishdan iborat. Korporatsiya KO'Bni tasis etish, kengaytirish va modernizatsiyalashga ko'maklashish maqsadida hukumatlar va xususiy tashkilotlarga konsultativ xizmatlar ko'rsatadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
حدثنا الدوري نا يزيد بن هارون أنا حماد بن زيد عن عاصم بن أبي النجود عن أبي وائل عن عبد الله قال: خط رسول الله صلى الله عليه وسلم خطا فقال: هذا سبيل الله”ثم خط في جانبه خطوطا ثم قال: ”هذه سبل متفرقة على كل سبيل منها شيطان يدعو إليه“ وقرأ هذه الآية ﴿وأن هذا صراطي مستقيما فاتبعوه ولا تتبعوا السبل فتفرق بكم عن سبيله﴾.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bir chiziq chizib: “Bu Allohning yo‘li”, dedilar.
Keyin uning yoniga chiziqlar chizdilar. So‘ng: “Bular turli yo‘llar, har bir yo‘lda unga chaqirib turuvchi shayton bor”, dedilar va ushbu oyatni o‘qidilar: “Albatta, bu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, unga ergashing va boshqa yo‘llarga ergashmang. Bas, sizni Uning yo‘lidan adashtirmasinlar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi