Muhtojlar sonini kamaytirish bo'yicha ish olib borgan Oksforddagi masjid yangi oziq-ovqat bankini ochdi. Bu haqda islam.ruga asoslanib islom.uz manbasi xabar berdi. Bu esa o'z navbatida muhtojlarni issiq ovqat va eng zarur narsalar bilan ta'minlashga yordam beradi.
Markaziy Oksford masjidining xabar berishicha, bank 25 fevral' payshanba kuni o'z faoliyatini boshlaydi.
«Bepul maktab taomlari tashabbusimizdan buyon boshqaruv qo'mitasi sevimli shahrimizga yordam berish uchun muntazam ravishda ish olib bormoqda», deyiladi masjidning facebook sahifasida.
Oziq-ovqat banki ehtiyojmandlarni shampun', sovun, sochiqlar, bolalar salfetkalari, tagliklar, yormalar, guruch, sariyog', konservalar, quritilgan mevalar va sharbatlar bilan ta'minlaydi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr' oyida masjid yuzlab maktab o'quvchilarini bepul ovqat bilan ta'minlash tashabbusini ilgari surgan edi.
Bu yil masjid o'z avtoturargohini yana ochdi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlardan birida sahobalari oldiga chiqib: “Sizlarga kimning iymoni ko‘proq manzur?”, dedilar.
Ular: “Farishtalarning iymoni”, deb javob berishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Axir ular Robbi huzurida bo‘la turib qanday iymon keltirmasin?”, dedilar.
Sahobalar: “Unday bo‘lsa payg‘ambarlarning iymoni”, deyishdi.
Rasululloh alayhissalom: “Ularga vahiy tushgan bo‘laturib iymon keltirmasliklari mumkinmi?” dedilar.
Sahobalar: “Unday bo‘lsa o‘zimizning iymonimiz”, deyishdi.
"Rasululloh sizlar bilan birga bo‘la turib qanday iymon keltirmaysizlar?" dedilar.
Sahobalar: “Unda kimning iymoni, yo Rasululloh?”, deb so‘rashdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir qavm borki, ular mendan keyin kelishadi. Meni ko‘may turib yaxshi ko‘rishadi. Ularning oldida faqat Kitob (Qur’on) turadi. Unga iymon keltiradilar va amal qiladilar. Ana o‘shalar ulug‘ ajr egalaridir”, dedilar.
Abdulatif ABDULLAYEV