Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2026   |   16 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:15
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
26 Noyabr, 2026, 16 Jumadul soni, 1448

Yuzlarida sajda izlari bor

07.11.2023   2373   2 min.
Yuzlarida sajda izlari bor

Davomi... 

Mufassirlarimiz aytishadi: «Alloh taolo Habibimizning muborak ismlari­ni Oli Imron surasi 144; Ahzob surasi 40; Muhammad surasi 2- va Fath surasi 29-oyatlarida zikr qilish barobarida u zotga Kalomullohning 13 o'rnida “Ey Nabiy”, 2 o'rnida “Ey Rasul!” deb murojaat qilgan. Aslida, yuksak ehtiromga sazovor kishiga ismi bilan emas, balki uning unvoni, da­rajasi va mavqei bilan xitob qi­linadi.
Bundan tashqari, Qur'oni karimda buy­ruq maylida kelgan barcha hukm oyatlari bevosita Rasululloh sollallohu alayhi va sal­lamga murojaatdir. Shu orqali u zot­ning um­matlariga ta'lim berilgan. Oxir zamon ummatini esa Alloh taolo boshqa ummatlardan ulug'lab, maqtagan: “Odamlarga chiqarilgan (ma'lum bo'lgan) ummatning eng yaxshisi bo'ldingiz, (ey musulmonlar!) zero, siz amri ma'ruf, nahyi munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz» (Oli Imron surasi, 110-oyat). Bu ham aslida Payg'ambarimiz alayhissalomga berilgan ta'rifdir: u zotning ummatlari eng yaxshi ummat ekan, o'zlari eng ulug' nabiydir.
Alloh taolo Qur'oni karim­da so'nggi um­matga 90 o'rinda “Ey imon keltir­ganlar!” deb murojaat qilgan. Demak, insonlarning “Ey imon keltirganlar!” degan sharafli nomga sa­zovor bo'lishlarida Nabiy alay­hissalomning risolatlari asos bo'lgan.
Oyatdagi “U bilan birga bo'lgan (mo'min)­lar kofirlarga qahrli, o'z oralarida (mo'­­minlarga nisbatan) esa rahm-shafqat­li­dirlar” jumlasidan murod Rasulullohning to'rt roshid xalifa­si – Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhumdir. Ha­qiqatan, hazrat Abu Bakr ro­ziyallohu anhu Makkadan Madinaga hijrat asnosida Savr g'orida Nabiy alayhissalom bilan birga bo'ldi, keyin ham ko'p vaqtini koinot sultoni bilan birga o'tkazdi. Hazrat Umar roziyallohu anhu kofirlarga juda qahrli, hazrat Usmon ro­ziyallohu anhu mo'min-mu­sulmonlarga rahm-shafqatli edi. Hazrat Ali roziyallohu anhu esa ko'p ruku-sajda qiladigan, ya'ni ibodatga berilgan zot edi (Alloh barchalaridan rozi bo'lsin).

Davomi bor...

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbuldagi Fatvo kengashlari xalqaro yig‘ilishida qatnashdi

26.11.2026   8549   2 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbuldagi Fatvo kengashlari xalqaro yig‘ilishida qatnashdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligidagi delegatsiya Istanbulda bo‘lib o‘tgan Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Qatar, Afg‘oniston, Bolgariya, Somali, Mavritaniya, Yaman, Falastin, Suriya, Iroq, BAA, Qozog‘iston, Rossiya, Indoneziya, AQSH, O‘zbekiston va boshqa ko‘plab davlatlardan fatvo markazlari vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Somali vaqflar vaziri, Mavritaniya ta’lim va islom ishlari vaziri, Yaman vaqflar va irshod vaziri, Falastin oliy shar’iy qozisi, Suriya bosh muftiysi hamda boshqa diniy ulamolar nutq so‘zladi.

Tadbir fatvo kengashlarining ummat birligini mustahkamlashdagi roliga bag‘ishlandi. Fatvolarni jamoaviy ishlab chiqish, ayni bir diniy masala bo‘yicha zid talqinlar tarqalishining oldini olish va yoshlarni qiziqtirgan e’tiqod masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Oila instituti muammolari, fatvo kengashlarining zo‘ravonlik va terrorizmga munosabati, migratsiya bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr-mulohaza almashildi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar arab tilida O‘zbekistonda diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlar haqida so‘z yuritib, bu boradagi asosiy yo‘nalishlar va rejalar haqida ma’ruza qildi.

Muftiyning ta’kidlashicha, tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi davrda ummat hamjihatligi tinchlik va taraqqiyotning muhim omilidir. Fatvo kengashlari zamonaviy muammolarga shariat mezonlari va mo‘tadillik tamoyili asosida yechim topishi lozim. Internet orqali tarqatilayotgan asossiz fatvolarning oldini olish zarur.

Shu bilan birga, Misr Fatvo uyining “Imom Qarofiy” mukofotiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Fatvo markazining faoliyati va tajribasi haqida ham alohida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining fatvo hay’atlari tomonidan tasdiqlangan fatvolar uchun yagona raqamli platforma tashkil etish, internetda fatvo e’lon qilish va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha mezonlarni ishlab chiqish, malakali faqihlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan ilgari surgan takliflari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

O‘zbekiston va Turkiya diniy idoralari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ziyorat turizmi, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik hamda boshqa sheriklik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari