Unda tegishli vazirliklar, idora va tashkilotlar mutasaddilari, yurtimizning barcha viloyatlaridan mingga yaqin turli sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Biznes forumni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo'yicha o'rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov ochib berdi.

Ta'kidlanganidek, so'nggi to'rt yilda xorijiy investorlar, jumladan, Saudiya Arabistoni davlati bilan savdo-iqtisodiy aloqalar har jihatdan rivojlandi. Milliy valyutani konvertatsiya qilish bilan bog'liq turli to'siqlar olib tashlandi. Yirik tadbirkorlik sub'ektlariga o'z biznes loyihalarini erkin amalga oshirishi, ishlab chiqarish va import-eksport operatsiyalarini yo'lga qo'yishlari uchun qulay sharoit yaratildi. Soliq va bojxona amaliyotida qator imtiyoz va preferentsiyalar joriy etilayotgani o'z samarasini bermoqda. Buyuk Britaniyaning “Oxford” universiteti tomonidan o'tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijasiga ko'ra, O'zbekiston kimyo-farmatsevtika, elektron axborot texnologiyalari, engil sanoatda to'qimachilik va ip-yigiruv, qolaversa, oziq-ovqat mahsulotlari tarmog'ida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi respublikalari orasida etakchi o'ringa ko'tarilgan.

So'zga chiqqan Saudiya Arabistoni podshohligining Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Halid al Falix bin Abdulaziz janoblari diniy e'tiqodi, dunyoqarashi, urf-odati va madaniyati, tarixi bir-biriga yaqin bo'lgan ikki xalqning taraqqiyot yo'lida birlashishiga sitqidil xayrixoh ekanligini bildirdi.
Islom olamining e'tirofga loyiq, aziz avliyolar yurti bo'lmish Buxoro shahrida o'tayotgan biznes forumga arab davlatining saksonga yaqin yirik investorlik sub'ekti, qo'shma korxonalar rahbarlari tashrif buyurgani ham hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini ta'kidladi. O'z o'rnida Halid al Falix bin Abdulaziz janoblari samimiy qabul uchun mamlakatimiz hukumati hamda viloyat hokimligiga o'z minnatdorligini bildirdi.
O'zbekiston – Saudiya Arabistoni biznes forumida respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov hamda Saudiya Arabistonining Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Tarik Moxammed al-Haydari janoblari ham yig'ilganlarni ishbilarmon doiralar muzokaralariga bag'ishlangan o'ziga xos tarixiy ahamiyatga ega tadbir bilan tabriklashdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada ravnaq topishi xalqlarimiz farovon turmushi yo'lidagi muhim qadamlardan bo'lishiga ishonch bildirishdi.

Ikki davlat savdo aylanmasining hajmi birgina 2020 yilning 9 oyida 23,5 million AQSh dollariga teng bo'lib, bunda eksport hajmi 0,4 million AQSh dollarini va import hajmi 23,1 million AQSh dollarini tashkil etgan.
Ayni paytda respublikamizda Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari tomonidan amalga oshirilayotgan investorlik loyihalari asosida 14 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning 4 tasi to'laligicha o'z sarmoyasi, mablag'i asosida faoliyat yuritayapti. Bu esa ikki mamlakat o'rtasidagi biznes delegatsiyalari, tadbirkorlik sub'ektlari aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish, elektron maishiy jihozlar, texnologiyalar va savdo-sotiq sohalarida xorijiy hamda qo'shma korxonalar faoliyati kengaymoqda.
Forumda ikki davlat o'rtasida kelishuv shartnomalari, jumladan, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari, O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni davlatlari havo yo'llari, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni Islom tsivilizatsiyasi markazlari rahbarlari o'rtasida Memorandumlar imzolandi.
Biznes forumda ikki davlat tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida “B2B” ko'rinishidagi muzokaralar, ishbilarmon doiralarining biznes kelishuvlari tashkil etildi.
Zarif Komilov, O'zA
#xabar #qabul #muftiy
Bugun, 28 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdilar.
Qabul jarayonida fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, diniy ta’lim, oilaviy masalalar, haj va umra hamda moddiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maslahatlar berildi, shar’iy savollarga batafsil tushuntirishlar taqdim etildi. Shuningdek, moddiy yordam so‘ragan fuqarolarga belgilangan tartib-qoidalar asosida ko‘mak ko‘rsatildi.
Qayd etish joizki, kishilarning dardini yengillatish, ularning tashvishlarini aritish — savobi ulug‘ amal hisoblanadi. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
“... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ana shu nabaviy ta’limotga amal qilgan holda, bugun Muftiy hazratlari mutasaddilar bilan birga turli masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning tashvishlari bartaraf etilishiga amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Iliq kutib olingan fuqarolar murojaatlarining ijobiy yechim topganidan mamnun bo‘lib, mas’ullardan minnatdor holda qaytdilar.
Mana shunday qabul jarayonlari mamlakatimizdagi barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati