Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2026   |   8 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2026, 8 Sha`bon, 1447

Go'zal axloqdan go'zal bo'stonlar unar…

15.01.2021   2382   4 min.
Go'zal axloqdan go'zal bo'stonlar unar…

 

Islom dini go'zal axloqdan iborat. Axloq din asosi bo'lganidek, mo'minlikning ham belgisi hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda kiyim-kechakdan tortib o'zini tutishgacha, muomaladan to tijoratgacha, oilaviy munosabatlardan hatto jamiyatdagi xatti-harakatgacha – barcha fe'l-atvorning umumiy jamlanmasi axloq deyiladi.

Axloq Olamlar Rabbisining fitratimizga joylashtirgan yaxshilik, go'zallik va rahm-shafqatning bir butun ko'rinishidir. Har bir bola Islom fitratida tug'ilib, keyinchalik ota-onasining tarbiyasi bilan o'z yo'lini tanlaydi. Har bir bola go'zal axloqqa yo'g'rilgan holda dunyoga keladi. Vaqt o'tishi bilan oila davrasi, do'st-suhbatdoshlari, atrof-muhit, iqtisodiy imkoniyatlar, axborot vositalari kabi tashqi ta'sir axloqning go'zalligiga, bir butunligiga putur etkazishi mumkin.

Odam Atoning farzandlari Qobil va Hobildan boshlab inson fitratiga bir imtihon zaruriyati sifatida joylashtirilgan hasad, xiyonat, g'urur, adovat, ehtiros kabi kishini yomonlikka etaklovchi nafsoniy tuyg'ular ham eng oliy maxluqot bo'lgan insonni eng past darajaga – tubanlik jariga qulatishi mumkin.

Bugun dunyoning manzaralariga boqsangiz, urushlar, qonli to'qnashuvlar ayrimlarning manfaat va hirslarininggina in'ikosi ekanini ko'rasiz. Global olamdan o'zimizning kichik dunyoga “ko'chganimiz”da esa yurtdoshimiz, mahalladoshimiz, hatto oila a'zolarimizdan birining toza fitratga zid xatti-harakatlariga ko'zimiz tushadi. Bu aslida o'sha bir butun go'zal axloqning zaiflashganini ko'rsatuvchi omildir.

Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh go'zal axloqqa bunday ta'rif beradi: “Go'zal axloq – ochiq chehrali bo'lish, insonlarga doimo yaxshilik qilish va ularga aziyat etkazadigan narsalarni bartaraf etishdir”.

O'qiganda yoqimli va qilish osondek ko'ringan bu amallar aslida dinimizda eng ulug' savobga erishish mumkin bo'lgan maqbul ibodat sanaladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Qiyomat kuni tarozuda go'zal axloqdan o'zga og'irroq keladigan narsa yo'q”deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Shu nuqtai nazardan, asli fitratimizda bor bo'lgan, bizga olam-olam savoblar keltiradigan go'zal axloqni “uyg'otish” unchalik qiyin ish emas.

Go'zal axloq – shirin so'z, yaxshi muomala, muhabbat, tabassum, marhamat ko'rsatish, avvalo, insonning o'zidan boshlanishi kerak. Ya'ni, inson o'ziga yaxshilik qilib, boqiy dunyoda xayr va saodatga erishishi uchun ana shu yaxshiliklarga qo'l urishi lozim. Zero, bu amallar o'z o'rnida uni halovat va baxt ko'chasiga olib kiradi.

Inson o'z yaratilishiga muvofiq, ezgu niyatlar bilan harakat, halol mehnat qilsa, umri davomida muvaffaqiyat qozonadi, chunki olg'a qadam tashlash uchun arzirli maqsadi bor. Bu xatti-harakatlari, avvalo, o'z oilasiga, keyin atrofidagilarga xotirjamlik, ijobiy muhit va albatta ishonch beradi. Mo'minning ishonchli va omonatdor bo'lishining siri ham mana shunda.

Ta'kidlash lozimki, insonning bu harakatlaridan hosil bo'layotgan ishonch va omonatdorlik hissi vaqt o'tishi bilan yaqinlaridan o'ziga qaytadi. Bora-bora bu ijobiy fazilatlar atrofolamga yoyiladi va o'zi yashayotgan, kelajakda farzandlari yashaydigan muhit ijobiylashuviga turtki bo'ladi. Huddi Rasululloh alayhissalom yashagan saodat asridagidek… Huddi jaholat sabab kin, adovat va maishatdan bo'shamagan insonlar jamiyatida bir burda nonini ham mo'min birodarlari bilan bo'lishib egan sahobai kiromlar shakllanganidek…

Nigora MIRZAYeVA tayyorladi.
“Mo'minalar” jurnalining 2020 yil, 4-sonidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

26.01.2026   1308   1 min.
Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

#musobaqa #hifz #tilovot

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Qur’on musobaqasi – 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni muassasa mudiri O‘.G‘uzarov ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Musobaqa shartlari bilan o‘qituvchi Akbarxon domla Asqarov tanishtirdi. 
 

Qorilar chiqishlarini malakali hakamlar baholab bordi. 


Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi: 

Hifz yo‘nalishi:
1-o‘rin Axmedov Yahyoxon (4-kurs)
2-o‘rin Dulabov Mahmud (1-kurs)
3-o‘rin Sherqulov Anvar (3-kurs)

Tarannum yo‘nalishi:
1-o‘rin Sayfullayev Fazliddin (4-kurs)
2-o‘rin Tojidinov Husanaliy (1-kurs)
3-o‘rin Xabibullayev Nasrullo (3-kurs)

 G‘oliblar va ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Xoja Buxoriyda Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
O'zbekiston yangiliklari