Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Mart, 2026   |   14 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:37
Quyosh
06:55
Peshin
12:40
Asr
16:31
Shom
18:20
Xufton
19:31
Bismillah
03 Mart, 2026, 14 Ramazon, 1447

Ziyorat turizm sohasida muhim masalalar muhokama qilindi

13.01.2021   2255   2 min.
Ziyorat turizm sohasida muhim masalalar muhokama qilindi

?Bugungi kunda yangilanayotgan O'zbekiston dunyoga har tomonlama faol ravishda ochilmoqda, yurtimizning dunyoga mashhur ziyoratgoh, qadamjo va tarixiy ob'ektlariga sayyohlarni jalb qilish orqali mamlakatda sayyohlikni rivojlantirish ham ana shu muhim qadamlardan biridir.

✅O'z navbatida, musulmon olamining mashhur olimlari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Maturidiy, Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy va boshqalar zamonaviy O'zbekiston hududida yashab ijod qilgan, ularning ziyoratgoh komplekslari mamlakatda ziyorat turizmni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekistonning ko'p asrlik islom merosini hisobga olsak, ziyorat turizmni rivojlantirish mamlakat uchun katta istiqbollarga ega.

❇️O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tgan bugungi uchrashuvda ham ushbu sohani yanada rivojlantirish borasida muhim masalalar muhokama qilindi hamda 2021 yil uchun aniq reja va vazifalar belgilab olindi.

❗️Uchrashuvda yurtimiz ziyorat turizmni rivojlantirish bo'yicha boshqa mamlakatlarda mavjud bo'lmagan keng imkoniyatlarga ega ekani, ana shu imkoniyatlar eshigini ochish, uni dunyoga tarannum etish mutasaddilar oldida turgan eng muhim vazifalardan ekani ham ta'kidlandi.

?Muloqot davomida o'tgan yilgi pandemiya sharoitida to'xtab qolgan ziyorat turizmni rivojlantirish borasidagi belgilangan chora-tadbirlarni 2021 yilda yanada kengroq ko'lamda amalga oshirish, yurtimizdagi yirik ziyoratgohlar, shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Nasafiy, Naqshbandiy va Yassaviy kabi ulug' allomalarning boy ilmiy meroslarini dunyoga keng targ'ib qilish maqsadida tajribali diniy soha vakillaridan iborat targ'ibot guruhini shakllantirish, ushbu guruhni reja asosida Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Pokiston va boshqa mamlakatlarga safarlarini tashkil etish masalasi ham ko'rib chiqildi. Shuningdek, Hindiston, Rossiya va Kavkaz musulmonlari, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Misrdan ziyoratchilarni O'zbekistonga olib kelish bo'yicha muzokaralar o'tkazilayotgani ham alohida qayd etildi.

‼️O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda turizmning aynan shu turi bo'yicha O'zbekistonga Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Rossiya, Pokiston, Hitoy, Hindiston, Yaponiya, Yevropa va arab davlatlari fuqarolarida qiziqish juda katta ekani va bu borada o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkinligi qayd etildi.

❇️Uchrashuvda ziyorat turizm yo'nalishida O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritishga kelishib olindi.

Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugundan Uzbekistan Airways Saudiya Arabistonidan ziyoratchilarni Vatanga olib kelishni boshlaydi

02.03.2026   2676   1 min.
Bugundan Uzbekistan Airways Saudiya Arabistonidan ziyoratchilarni Vatanga olib kelishni boshlaydi

Bugundan boshlab Umra dasturi bo‘yicha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining reyslari orqali Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Jidda–Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
 

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatimizdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha O‘zbekiston ziyoratchilarini Umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatib turish vazifasi yuklatildi. Bu cheklov, shu jumladan, “Uzbekistan Airways”ning Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishidagi reyslariga ham taalluqlidir. 

"Dunyo" AA

O'zbekiston yangiliklari