Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2026   |   23 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:19
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2026, 23 Rajab, 1447

Assalomu alaykum do'stim!

12.01.2021   2121   2 min.
Assalomu alaykum do'stim!

Mendan qanday qilib Allohga etishish mumkin deb so'raysan. Men aytamanki, agar Allohga etishgan zotlarning siyratiga boqsang, ularni faqatgina mutloq taslim bo'libgina etishganini ko'rasan.

Alloh taolo Nuh alayhis salomni kema yasashga amr qilganida Nuh alayhis salom: “Sahroda kema yasash nega kerak, ey Robbim?!”, demasdan buyruq berilishi bilan yasashga kirishib ketdilar.

Ibrohim alayhissalomga Alloh o'g'illarini qurbonlik qilishni amr qilganida u zot: “Otaning o'z o'g'lini so'yishida nima hikmat bor?!”, demasdan buyruq berilishi bilan ishga kirishdilar.

Alloh taolo Muso alayhissalomning onalarini chaqaloqni daryoga tashlashga amr qilganida u kishi: “Bundan boshqa bexavotirroq yo'l yo'qmi?!, demasdan birdaniga buyruqni bajarishga kirishganlar.

Ibrohim alayhis salom Hojar va uning go'dak o'g'lini quruq sahroga bir xalta xurmo va bir mesh suv bilan tashlab ketayotganlarida Hojar: “Bu ishga sizni Alloh amr qildimi?”, deya so'radilar. Ibrohim alayhis salom: “Ha!”, dedilar. Shunda Hojar: “Unday bo'lsa ketavering. Alloh bizni zoye qilmaydi”, dedilar.

So'ngra zamon aylandi. Alloh taolo Nuh alayhissalom kemani yasab bitirishlari bilan to'fon jo'natdi. Ibrohim alayhissalomga qurbonlik qilayotgan o'g'illari o'rniga jannatdan qo'chqor jo'natdi. Maqsad bolani so'yish emas edi. Allohdan o'zgaga bog'lanib qolishni so'yish edi. Daryo esa Fir'avnni o'ldiradigan chaqaloqni Fir'avnning xonadonida voyaga etishi uchun etkazib beruvchi xodim vazifasini bajargan edi xolos. Hojar va uning bolasi tashlab ketilgan joy bugun qariyb ikki milliard musulmon talpinadigan Makka shahridir. U er toki qiyomatga qadar musulmonlar qiblasiga aylandi.

Do'stim! Agar etishmoqchi bo'lsang tafsilotlarga kirishmasdan Unga itoat qilaver. Alloh istagan narsada Unga taslim bo'l, ana shunda U senga sen istaganni beradi!

Salomlar bo'lsin qalbingga!

 

Abdulqodir Polvonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

12.01.2026   46   1 min.
Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2026 yil 10 yanvar kuni Andijon shahridagi “Shaxidtepa” jome masjidida viloyat hokimi o‘rinbosari R. Arziyev va Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida sayyor seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Seminarda shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda hojilar ishtirok etib, imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Dastavval ishtirokchilar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga tashrif buyurib, aholi bilan muloqot qildi hamda ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatdi. Shuningdek, biriktirilgan masjidlarda peshin namozi ado etilib, jamoatga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi.


Yig‘ilish yakunida Andijon shahri masjidlarining faoliyati tahlil qilinib, imom-xatiblar ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

Vakillik matbuot xizmati

Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari