Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:39
Peshin
12:22
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:17
Bismillah
12 Dekabr, 2025, ,

Bir savol so'rasam: 40 yillik qazo namozlarimni qanday ado etaman?

07.12.2020   2755   1 min.
Bir savol so'rasam: 40 yillik qazo namozlarimni qanday ado etaman?

— Yoshim 60 ga yaqinlashyapti. Namoz o'qiy boshlaganimga 20 yillar bo'ldi. Men avval o'qimagan namozlarim qazosini qanday o'qishim kerak? Hozirgi namozlarga qo'shib o'qiymanmi yoki faqat farzini o'qisam etadimi?

— Namozning faqat farzlari va Vitr vojib namozi qazo qilinadi. Sunnat namozlar qazo qilinmaydi. Qazo o'qimoqchi bo'lgan inson har bir kundalik farz namozidan oldin o'sha namozning qazosidan ham o'qib borsa, har kuni bir kunlik qazo bajargan bo'ladi. Yoki kunning yo kechaning ma'lum bir vaqtini ajratib olib, bir yo'la tartib bilan: Bomdod, Peshin, Asr, Shom, so'ngra Hufton va Vitrni qazo qilsa ham bo'ladi. Bunda agar ikkitadan qazo namoz o'qisa, ikki kunlik qazo namozi soqit bo'ladi. Mana shu zaylda, oylar, yillar davomida bir necha yillik qoldirilgan namozlarni qazo qilish mumkin.

Sizga o'xshab o'n yil, undan ortiq yoki kam muddatdagi ko'plab namozlarni tark qilgan kishilar ushbu tartibga amal qilishlari kerak.

Har namozning vaqtida bir-ikkita qazoni o'qib borsangiz ham bo'ladi. Bunda o'zingizga oson bo'lishi uchun, har namozda uni “oxirgi yoki birinchi qoldirilgan namoz” deb qasd qilasiz. Masalan, “birinchi qoldirgan Bomdodim” yoki “oxirgi qoldirgan Bomdodim”, deb niyat qilasiz. Asr va Shom namozlari orasida qazo namoz o'qish joiz.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qur’oni karim bir kunda yoddan xatm qilindi

11.12.2025   2262   1 min.
Qur’oni karim bir kunda yoddan xatm qilindi

Toshkent islom institutining 1-kurs talabasi Biloliddin Ibrohimjonov 30 pora Qur’oni karimni bir kunda yoddan o‘qib berdi.

Qur’oni karimni o‘qish jarayonini "Qur’on ilmlari" kafedrasi o‘qituvchilari Jahongir qori Ne’matov, Valixon qori Azimboyev, Abdulbosit qori Qobilov, Habibullo qori Olimjonov va boshqa ustoz hamda talabalar kuzatib bordilar.

Ushbu natijani taqdirlash uchun 5 dekabr kuni tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov, prorektor Yoqubjon domla Buxorboyev,  kafedra mudirlari Soatmurod domla Primov va Jahongir qori Ne’matov hamda institutning boshqa ustoz va talabalari ishtirok etishdi.

Toshkent islom instituti

Matbuot xizmati

Qur’oni karim bir kunda yoddan xatm qilindi Qur’oni karim bir kunda yoddan xatm qilindi Qur’oni karim bir kunda yoddan xatm qilindi Qur’oni karim bir kunda yoddan xatm qilindi
O'zbekiston yangiliklari