25 noyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovning Surxondaryo viloyatiga xizmat safarlari davom etdi.
Kunning ikkinchi yarmida imom-xatiblar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda so'zga chiqqan notiqlar tomonidan tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar tinglandi, echimi bo'yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar, ish faoliyatni yanada takomillashtirish va jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashda ularning o'rni kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
Muloqotda mamlakatimiz bo'ylab olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga etish va shukronalik hissi bilan yashash kabi jihatlarga alohida to'xtalib o'tildi.
Yig'ilishda “Vaqf” xayriya jamoat fondining yangi rahbari Yahyo Abdurahmonov ishtirokchilarga tanishtirildi va kelgusida hamkorlikda ishlash yuzasidan yo'nalishlar berildi.










O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
2025 yil — samarali faoliyat, el xizmatida birdamlik, ma’rifiy islohotlar, obod masjidlar va ijtimoiy ko‘maklar yili bo‘ldi!
Sarhisob — taraqqiyot va yangi ulkan maqsadlar omilidir.
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati