Dubayda Qur'on hofizlari uchun tanlov boshlandi. Tadbir har yili Dubay islom ishlari va xayriya faoliyati bo'yicha boshqarmasi (IACAD) tomonidan tashkil etiladi. Tashkilotning rasmiy vakili Hamda Ahmad al'-Muhayrining aytishicha, ishtirokchilar Qur'onni yodlashning olti toifasi bo'yicha bellashadilar. Islam.ru xabariga ko'ra, tanlov natijalari 25 noyabr' kuni e'lon qilinadi. Tadbir COVID-19 pandemiyasi sababli onlayn tarzda o'tkaziladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 2 fevral kuni “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida mazkur mutaxassislar uchun azon va iqoma bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlar bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum tomonidan olib borilmoqda.
Bugungi darslarda Toshkent Islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlari ustozlari ishtirok etdilar.
Dars davomida har bir tinglovchining azon va iqoma borasidagi mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalari topshirilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati