— Bizda mayitni qabrga qo'ygandan keyin yoshmi-qarimi, hamma odamlar qo'liga tuproq oladi-da qabr atrofida 3 marta aylanib, mayit ustidan tuproq sochishadi. O'zimcha bu ishlar inson tuproqdan yaratilgan, yana tuproqqa qaytadi, degan ma'noda qilinsa kerak, deb o'ylardim. Ammo shariatda bu bormi-yo'qmi, bilmas ekanman, shunga aniqlik kiritib bersangiz...
— Mayyit qabrining bosh tomonidan uch siqim tuproq tashlashi mustahabdir. Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mayyitga namoz o'qidilar. So'ngra qabriga kelib, boshi tomonidan uch siqim tuproq tashladilar”(Imom Ahmad rivoyati).
Avvalgisida (minhaa xalaqnaakum), ya'ni “Biz sizlarni undan yaratdik”, ikkinchisida (va fiyhaa nu'iydukum) – –Unga qaytarurmiz”, uchinchisida esa (va minhaa nuxrijukum taaratan uxro) – “Va sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz”, deydi. Bu “Toha” surasining 55-oyatidagi jumlalar bo'lib, oyatning to'lig'i quyidagicha:
﴿مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى﴾
“Biz sizlarni undan (erdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz”. Vallohu a'lam!
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati