Samarqand viloyati bosh imom-xatibi boshchiligida imom-xatiblar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdilar va birinchi "Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Bug'iy Termiziy" maqbaralarini ziyorat qildilar.
Tiashrif davom etmoqda...



Yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ko‘rsatish, muqaddas qadamjolarni obod etish hamda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi xayrli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, "9 may — Xotira va qadrlash kuni" hamda yaqinlashib kelayotgan muborak Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2026 yil 7 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi tasarrufidagi masjidlar, ziyoratgohlar va qabristonlarda umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
«Poklik — iymonning yarmidir» degan hadisi sharif mazmuniga muvofiq ravishda o‘tkazilgan ushbu tadbirda diniy soha xodimlari, imom-xatiblar va mahalla faollari faol ishtirok etib, xonaqohlar, tahoratxonalar hamda ziyoratgohlar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Bu kabi ezgu tadbirlar atrof-muhit musaffoligini ta’minlash bilan birga, jamiyatda hamjihatlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati