Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2026   |   17 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:20
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
27 Noyabr, 2026, 17 Jumadul soni, 1448

G'aflatda qolish - 52 qism

24.10.2023   907   1 min.
G'aflatda qolish - 52 qism

G'aflat nafsning jiddiy kasalliklaridan biridir. Bu insonning Alloh taolo uni kuzatib turganidan bexabardek gapirishi va harakat qilishida namoyon bo'ladi.

 Muolaja uslubi

Alloh taolo bandalarni kuzatib turishini, ularning barcha amal va ishlaridan xabardor ekanligini hech qachon unutmaslik kerak. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Alloh qilayotgan amallaringizdan g'ofil emasdir” (Baqara surasi, 74-oyat).

Inson Qiyomat kuni hatto eng kichik, balki arzimas deb biladigan amali uchun ham javob beradi. Shuning uchun banda har bir lahzada o'zini xuddi Robbining oldida turgandek his qilishi kerak. Faqat shunday holatdagina g'aflatdan qutilish mumkin.

Abul Faraj Abdurahmon ibn Javziy rahimahulloh aytadi: “G'aflatdan og'irroq uyqu yo'q. Shahvatdan molikroq qullik yo'q. Qalb o'lishidan ko'ra yomonroq musibat yo'q. Qarilikdan ko'ra komilroq ogohlantiruvchi yo'q”.

Abu Abdurahmon as-Sulamiyning
“Nafs illatlari va ularning muolajasi” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

27.11.2026   31486   1 min.
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda O‘zbekiston va Malayziya turoperatorlarining B2B formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirda Butunjahon sufiylar markazi bosh kotibi shayx Abdul Karim Hadayd, “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbariyati va mahalliy turoperatorlar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U musulmon davlatlari, jumladan, Malayziyadan keladigan ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.

Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani va sayyohlar oqimi oshib borayotganini ta’kidladilar. Chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun Malayziya fuqarolariga vizasiz rejim amal qilmoqda, “Uzbekistan Airways” va “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida haftasiga yetti marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.

Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Malayziyada “ziyorat turizmi”, “madaniy turizm” va “qishki turizm” turpaketlarini keng sotish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari