Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Dekabr, 2025   |   10 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:05
Quyosh
07:29
Peshin
12:17
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
01 Dekabr, 2025, 10 Jumadul soni, 1447

MAVLUD KYeLIBDUR

19.10.2020   6289   4 min.
MAVLUD KYeLIBDUR

(Mavlud oyining kirib kelishi va mavludxonlik o'qishlarining boshlanishi munosabati bilan)

****

Ey, siz, ahli diyor, Mavlud kelibdur,
Nurga cho'mib bahor Mavlud kelibdur,
Baxtga bo'lib savor Mavlud kelibdur,
Dilga naqshu nigor Mavlud kelibdur,
Iqbol aylab nisor Mavlud kelibdur.

Mavludning har oni qutlug' biz uchun,
Savoblar koniga to'lug' biz uchun,
Ko'ngilni poklashga bo'lug' biz uchun,
Olgan har bir nafas ulug' biz uchun,
Elga sohib osor(1) Mavlud kelibdur.

Bul kun Rasululloh bo'yi kelmoqda,
Tongdan hazratimning o'yi kelmoqda,
Barcha musulmonning to'yi kelmoqda,
Dilga shariatning ro'yi kelmoqda,
Fayzu futuhga yor Mavlud kelibdur.

Tilda takrorlanur bul kun salovot,
Dildan yot fikrlar bo'lur bari yot,
Dilni tirgizmoqda bu obihayot,
Deymiz, as-salotu hamda va-s-salot,
Chunki, aylab bedor Mavlud kelibdur.

Dildan o'qigaymiz Mavlud un -Nabiy,
Hohi shayxu shobbmiz,(2) xohi biz sabiy,(3)
Dilga ilhom solur olami g'aybiy,(4)
Orom olma aslo, tinma, ey qalbiy,
Savob to'la bihor(5) Mavlud kelibdur.

Mavlud oyi, bilsang, zarnigor oydir,
Qalbni yorituvchi navbahor oydir,
Ahli muslim uchun e'tibor oydir,
Ming yil o'tar, ammo barqaror oydir,
Kuchga to'la mador Mavlud kelibdur.

Nabiyga ehtirom izhor qilurmiz,
Dilni ibodatga bedor qilurmiz,
Shaytonning qalbiga ozor qilurmiz,
Iymon, e'tiqodga mador qilurmiz,
Chunki, bizga g'amxor Mavlud kelibdur.

Rasulga salot de, o'n salot olgin,(6)
Boqiy jannat ichra, kel, hayot olgin,
Samoga uchginu samovot olgin,
Huru g'ilmon olgin, iltifot olgin,
Bog' kabi beg'ubor Mavlud kelibdur.

Ey do'stu birodar Mavludga keling,
Sizni kutar samar Mavludga keling,
Boshlar osmon qadar Mavludga keling,
G'amlar ketsin badar Mavludga keling,
Ichi to'la asror Mavlud kelibdur.

Bugun barcha tildan o'tar Barzanjiy,(7)
Ichi to'la duru yoqutdir ganjiy,
Dilga shodlik etar, etmagay ranjiy,
Nabiymiz haqida xo'b suxansanjiy,(8)
Bizga olib axbor Mavlud kelibdur.

Bizga Mavlud oyi doim bor bo'lsin,
Uni o'qiganlar baxtiyor bo'lsin,
Abri bahor kabi xush nisor bo'lsin,
Maxdum so'zlari ham guharbor bo'lsin,
Fayzi Parvardigor Mavlud kelibdur.

Mahmud HASANIY (MAHDUM)

1 Sohib osor - ta'sir egasi.
2 Shayxu shobb -knksa va yosh yigit.
3 Sabiy -yosh bola
4 Olami g'aybiy - g'ayb olami.
5 Bihor - dengizlar.
6 Rasulullohga bitta salavot ii aytilsa, Alloh unga o'nta salovot aytadi (hadis).
7 Barzanjiyning "Mavlud un-Nabiy" kitobiga ishora.
8 Suxansanj -chiroyli gapiruvchi, so'z ustasi.

Siyrat
Boshqa maqolalar

Soch oldirganda bajariladigan sunnatlar

28.11.2025   6714   1 min.
Soch oldirganda bajariladigan sunnatlar

1. Soch oldirishda qiblaga qarab o‘tirish.

2. Sochni boshning o‘ng tomonidan boshlab olish va takbir (Allohu akbar deb) aytish.

3. Olingan sochni ko‘mish.

4. Sochning bir qismini oldirib, qolgan qismini qoldirmaslik.

5. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir bolaning sochining ba’zisini qirilib, ba’zisini qoldirilganini ko‘rdilar. U zot alayhissalom bundan qaytarib: “Hammasini qiringlar yoki hammasini qoldiringlar”, dedilar (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).