Islom dinida doimiy tarzda an'anaviylikni va modernizmni olqishlab kelgan. Mutaassiblik va fundamentalizmga esa qarshi chiqib kelgan. Aksincha, dinimiz ilm olishni, o'z ustida ishlashni, ishida hassos bo'lishga targ'ib etadi. Mo'min kishi ishini puxta qiladi, insoniyatni haqqiga xiyonat qilmasligini uqtiradi. Insonlarni eng yaxshisi Insonlarga manfaatlirog'i ekanligini, Musulmon uning tilidanu qo'lidan omonlik borligini o'ylashga, boshqalarga nisbatan murosali bo'lishga chaqiradi. Demak, bir fikrda qattiq turib olib, o'zidan boshqa har qanday shaxslar aybdorligiga e'tiqod qilish va uni boshqalarga majburan singdirish esa shariat man qilgan ishlardandir. Insonlarning gunohkor bo'lishligi, Robbimizga taalluqli masala ekanligiga qaramay, ularni oxirati to'g'risida hukm o'qib yuborishlari hech ham mantiqqa to'g'ri kelmaydi.
Vaholanki, dinimizda bag'rikenglik va engillik olqishlangan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Albatta din engillikdir. Kim dinda chuqur ketsa, (din) uni engadi”,- dedilar. Mo'min kishining mutaassibligi sabab, jamiyatga ko'p qiyinchiliklar olib keladi. Jumladan, o'zgalarning amallariga nisbatan tahqir va malomatlarni yog'dirish, o'zidan boshqa shaxslarni teng sanamaslik, o'zganing fikrini eshitmaslik hamda xolislikning yo'qolishi natijasida haqiqatdan yuz o'girib, tan olmaslik. Kishilarni dindan bezdirish, musulmonlar orasida kelishmovchiliklar va fitnalar, murosasizliklar chiqishidek xatarlari bor.
Sahobalar hayotini o'rgansak, shunga guvoh bo'lamizki, ular doim dinni osonlik bilan targ'ib qilishgan. Bunga yaqqol misol qilib, Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifni keltirishimiz mumkin. Nabiy alayhissalom Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga jo'nata turib: “Yengil qiling va qiyin qilmang. Hushxabar bering va nafratlantirmang. O'zaro yordam bering va ixtilof qilmang”-degan edilar.
Albatta, mutaassiblik dinni noto'g'ri tushunishdan paydo bo'ladigan sifatdir. Asrimizning ko'zga ko'ringan ulamolaridan Muhammad Said Ramazon Butiy Rahmatullohi alayh o'z asarlarida mutaassiblik haqida quyidagi fikrni bildiradi: “Men bu zamonda ba'zi shaxs va jamoalarning taassubidan yoki shahvatu havoyi nafsidan kelib chiqadigan, hukmlari shar'iy dalillar hukmi bilan birlashmaydigan va ularning hujjatiga bo'ysunmaydigan yangicha islom tug'ilayotganini mulohaza qilmoqdaman”.
Islom dini mutaassiblikning har qanday ko'rinishi, xususan, kishining o'z fikrida murosasiz bo'lishini qattiq qoralaydi.
Zero, Alloh taolo qur'oni karimning (Baqara surasining 185 oyati karimasida) quyidagicha marhamat qiladi: “Alloh sizlarga engillikni istaydi, sizlarga og'ir bo'lishini istamaydi”.
Demakki, dinni o'zining dunyoqarashi doirasida mahkam tutish, undagi vojib amallarni ado qilishda ularga ergashmagan kishilarni yomon ko'rish, ular bilan nizo chiqarish, tarqoqlik va fitnaga sababchi bo'lish ayni mutaassiblikning yorqin ko'rinishidir.
Modul' ta'lim tizimi talabasi
Uchqo'rg'on tumani "Muhammad Zarif" jome masjidi
imom-xatibi Shuhratilla Isroilov
Turkiyaning nufuzli tahlil markazi ANKASAM (Ankara Kriz ve Siyaset Araştırmaları Merkezi) mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’limni takomillashtirish, islom merosini ilmiy asosda o‘rganish va jahonga tanitishga qaratilgan keng qamrovli ishlarga yuqori baho berdi.
Turkiyaning nufuzli tahlil markazi ANKASAM (Ankara Kriz ve Siyaset Araştırmaları Merkezi) O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan tahliliy maqola e’lon qildi.
“Yangi O‘zbekiston: Diniy sohadagi islohotlarning muvaffaqiyat formulasi” deb nomlangan ushbu tahliliy maqolada mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’limni takomillashtirish, islom merosini ilmiy asosda o‘rganish va jahonga tanitishga qaratilgan keng qamrovli ishlarga yuqori baho berilgan.
ANKASAMga ko‘ra, O‘zbekistonda qabul qilingan yangi siyosat va inson qadrini ustuvor qiymat sifatida belgilagan yondashuv so‘nggi yetti yilda diniy sohada chuqur, tizimli islohotlarni amalga oshirishga poydevor bo‘ldi. Xususan, tahlilchilarning tomonidan davlat va din munosabatlarini demokratiya va ma’rifat asosida qayta yo‘lga qo‘yish, diniy ta’lim muassasalarini xalqaro andozalarga mos ravishda rivojlantirish, ilm-fan va ma’rifatni islom dini bilan uyg‘unlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar e’tirof etilgan.
Maqolada ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kabi muassasalarning faoliyati, ular orqali islom dinining haqiqiy insonparvarlik va ma’rifiy mohiyati keng yoritilayotgani ta’kidlangan. Ushbu markazlar faqat diniy emas, balki ilmiy-tadqiqot, madaniy-tarixiy merosni saqlash va ommalashtirish vazifasini ham bajarmoqda.
ANKASAM tahliliga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlarning muvaffaqiyati – bu siyosiy iroda, strategiyali yondashuv, ilmiy asos va xalqaro hamkorlikni o‘zida uyg‘unlashtirgan modeldir. Shu jihatdan, O‘zbekiston tajribasi mintaqa davlatlari va islom olami uchun o‘rganishga arziydigan namunalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
ANKASAM kabi xalqaro nufuzga ega tahlil markazlari tomonidan bu kabi tahliliy maqolalar e’lon qilinishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligi, xalqaro standartlarga mosligi va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.