Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Shukr sajdasi qanday qilinadi?

01.05.2024   4271   1 min.
Shukr sajdasi qanday qilinadi?

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasulullohsollallohualayhivasallamo'zlarinixursandqilganbirorishsodirbo'lsa, Allohgashukronao'laroqsajdaqilaredilar(ImomAbuDovud, ImomIbnMojarivoyati).

Shukr sajdasi ham tilovat sajdasiga o'xshash bo'ladi. Sajda qilib, Alloh taologa hamdu sano aytiladi. Imom Molikdan boshqa hamma ulamolar Bir ne'mat hosil bo'lganda yoki balo-ofat daf bo'lganda, shukr sajdasi qilish sunnatdir, deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuni Yamanga yuboradilar, u erdan turib Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Yamanliklarni Islomni qabul qilganlari haqida maktub yuboradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maktubni o'qigach Allohga shukur qilib sajdaga yiqiladilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Bu kabi ne'mat etganida yoki musibat ariganida shukur qilish joiz. Ammo har namozdan keyin qo'shimcha bitta sajda qilib qo'yish shariatimizda yo'q. Bu bid'atdir. Ulamolar: “Omma xalq namozni qo'shimchalaridan deb tushunib olmaslari uchun uni tark qilish lozim” deganlar.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   3473   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari