#Umra_2025 #Haj_umra_markazi
Dastlab “Umra – 2025/2026” mavsumining navbatdagi guruh ziyoratchilari ixlos va zavq ila umra amalini ado etdilar.
So‘ng Makka shahridagi Arafot, Nur, Savr tog‘lari hamda Mino, Muzdalifa vodiylarini ziyorat qildilar.
Safar asnosida taniqli ulamo Hasan domla Qodirov ziyoratchilarga umra fazilati, Ikki Haram hududidagi yaxshi amallarga beriladigan ajrlar, duo qabul bo‘ladigan joylar haqida ilmiy suhbatlar qilib bermoqda.
Ta’sirli suhbatlardan bahra olayotgan hamyurtlarimiz vaqtlarining har bir soniyasidan unumli foydalanishga harakat qilmoqdalar.
Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini xayrli va barakali qilib, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!
Eslatma:
Haj va umra markazi telefon raqamlari:
+998778821858
+998998821858
@Hajumrauzbot
VILOYATLARDAGI VAKILLARIMIZ (https://taplink.cc/hajumrauz)
Sahifalarimiz:
Instagram (https://instagram.com/haj_umrauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) Telegram (https://t.me/hajumrauz)