Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:42
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
16 Dekabr, 2025, ,

Hojilarimiz ma'rifiy suhbatlardan mamnun bo'lmoqda

04.06.2024   1918   2 min.
Hojilarimiz ma'rifiy suhbatlardan mamnun bo'lmoqda

Shu yil 3 iyun' kuni Makka shahridagi Abroj Dana mehmonxonasida farg'onalik ziyoratchilar bilan ma'rifiy suhbat bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, “Qur'on va tajvidni o'rgatish” bo'limi mudiri Shayx Alijon qori Haydarov, Fatvo markazi direktor o'rinbosari G'ulomiddin domla Holboyev hamda ellikboshi va ziyoratchilar ishtirok etdi.

Ulamolarning haj ibodati va odoblari, komil mo'minning axloqi va ajdodlarimizning ibratli hayotlari asosidagi suhbatidan ziyoratchilar bahramand bo'ldi.

Bunday muloqotlar Sirdaryo viloyatidan tashrif buyurgan ziyoratchilar uchun ham tashkil etilmoqda. Navbatdagi ana shunday suhbatda Toshkent shahridagi “Siroj Solih” masjidi imom-xatibi Hasan domla Qodirov sirdaryolik hojilarga hajning arkonlari haqida mav'iza qilib berdi.

4 iyun' kuni Andijon viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov Makka shahrida bo'lib turgan ziyoratchilar bilan ma'rifiy uchrashuv o'tkazdi. Unda Mirzamaqsud domla ziyoratchilarga shukronalik hissi, vaqtning qadriga etish, ibodat masalalari kabi mavzularda go'zal ma'ruzalar qilib berdi.

Mazkur ma'rifiy suhbatlarda ziyoratchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, minglab xatmi Qur'onlar bag'ishlanib, xayrli duolar qilindi. 

Bunday ma'rifiy suhbatlar davom etmoqda. 


O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+)

10.12.2025   4863   1 min.
Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol. 
 

Bugun, 10 dekabr kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+) Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+) Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+) Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+) Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+) Murojaatlar tinglanib, aksari hal etildi (Foto+)
O'zbekiston yangiliklari