Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oila a'zolari va yaqin qarindoshlaridan Baqi' qabristoniga dafn qilinganlar.
Ibrohim ibn Muhammad sollallohu alayhi vasallam
Fotima roziyallohu anho binti Muhammad sollallohu alayhi vasallam
Zaynab roziyallohu anho binti Muhammad sollallohu alayhi vasallam
Ruqayya roziyallohu anho binti Muhammad sollallohu alayhi vasallam
Ummu Kulsum roziyallohu anho binti Muhammad sollallohu alayhi vasallam
Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anho
Hafsa binti Umar roziyallohu anho
Hind binti Abu Sufyon roziyallohu anho, Ummu Habiba
Hind binti Abu Umayya, Ummu Salama roziyallohu anho
Zaynab binti Jahsh roziyallohu anho
Zaynab binti Huzayma roziyallohu anho
Sofiyya binti Huyyi roziyallohu anho
Juvayriya binti Horis roziyallohu anho
Sofiyya Ummu Zubayr binti Abdulmuttalib roziyallohu anho
Rayhana binti Shamun roziyallohu anho
Moriyatul Qibtiyya roziyallohu anho
Halima as-Sa'diyya roziyallohu anho
Ummu Rummon roziyallohu anho Oisha roziyallohu anhoning onalari
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu
Hasan ibn Ali roziyallohu anhu
Abu Sufyon Saxr ibn Harb Abu Muoviya roziyallohu anhu, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari.
Abdulloh ibn Ja'far ibn Abu Tolib al-Quroshiy roziyallohu anhu, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning jiyanlari Ja'farning o'g'li, Habashistonda tug'ilgan birinchi chaqaloq.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ichida eng mashhurlari:
Sa'd ibn Abu Vaqqos al-Quroshiy az-Zuhriy roziyallohu anhu
Said ibn Zayd ibn Nufayl al-Quroshiy roziyallohu anhu
Abdurahmon ibn Avf al-Quroshiy az-Zuhriy roziyallohu anhu
Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu
Usmon ibn Maz'un al-Quroshiy roziyallohu anhu
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu
Abdulloh ibn Abu Bakr roziyallohu anhu
Ubay ibn Kaa'b al-Ansoriy roziyallohu anhu
Abu Hurayra ad-Davsiy roziyallohu anhu
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu
Asad ibn Zurorata al-Ansoriy roziyallohu anhu
Arqam ibn Abu Arqam Abdu manof al-Quroshiy roziyallohu anhu
Jobir ibn Abdulloh Abu Abdurahmon roziyallohu anhu
Hasson ibn Sobit al-Ansoriy Abul Valid roziyallohu anhu
Sa'd ibn Molik Abu Said al-Hudriy roziyallohu anhu
Sa'd ibn Muoz roziyallohu anhu
Suhayb ibn Sanon al-Rumiy roziyallohu anhu
Ummu Sulaym binti Malhan roziyallohu anho, Anas roziyallohu anhuning onalari
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qolgan sahobalaridan Baqi'ga dafn qilinganlari:
Avs ibn Sobit ibn Munzir al-Ansoriy roziyallohu anhu
Avs ibn Hovala ibn Abdulloh al-Ansoriy roziyallohu anhu
Jabbar ibn Saxr al-Ansoriy roziyallohu anhu
Jubayr ibn Mutim al-Quroshiy roziyallohu anhu
Horis ibn Huzayma roziyallohu anhu
Hakim ibn Hizom ibn Huvaylid roziyallohu anhu
Hajjoj ibn Ilota as-Sulamiy Abu Muhammad roziyallohu anhu
Hotib ibn Abu Balta'a al-Laxomiy Abu Abdulloh roziyallohu anhu
Huvaytib ibn Abduluzzo al-Quroshiy roziyallohu anhu
Habbob Utba ibn G'azvon Abu Yahyo roziyallohu anhu
Hufaf ibn Ayman al-G'iforiy roziyallohu anhu
Huvaylid ibn Amr Abu Shurayh al-Huzaiy roziyallohu anhu
Havvot ibn Jubayr Abu Abdulloh roziyallohu anhu
Zayd ibn Holid al-Juhaniy Abu Abdurahmon roziyallohu anhu
Salama ibn Saloma ibn Vaqsh al-Ansoriy roziyallohu anhu
Salama ibn Akva' Abu Muslim roziyallohu anhu
Sahl ibn Bayoz roziyallohu anhu
Sahl ibn Sa'd as-Sa'diy al-Ansoriy Abul Abbos roziyallohu anhu
Sahl ibn Abu Hasma Abu Abdurahmon roziyallohu anhu
Saib ibn Yazid al-Kinoniy roziyallohu anhu
Suhayl ibn Bayzo al-Quroshiy Abu Umayya roziyallohu anhu
Suhayb ibn Sanon al-Rumiy roziyallohu anhu
Abdulloh ibn Bahiyna roziyallohu anhu
Abdulloh ibn Sobit al-Ansoriy Abu Rabi' roziyallohu anhu
Abdulloh ibn G'osil Abu Hanzala roziyallohu anhu
Abdulloh ibn Ka'b al-Ansoriy roziyallohu anhu
Amr ibn Abu Sarh al-Qurashiy Abu Said roziyallohu anhu
Amr ibn Umayya az- Zomariy roziyallohu anhu
Amr ibn Hazm ibn Zayd roziyallohu anhu
Uqba ibn Amr Abu Mas'ud al-Badriy roziyallohu anhu
Qays ibn Sa'd ibn Uboda al-Ansoriy Abu Amr roziyallohu anhu
Ka'b ibn Molik al-Ansoriy Abu Abdulloh roziyallohu anhu
Ka'b ibn Ujara ibn Umayya al-Ansoriy roziyallohu anhu
Kulayb otalarini ismi kelmagan roziyallohu anhu
Muhammad ibn Maslama al-Ansoriy Abdu Abdurahmon roziyallohu anhu
Muhammad ibn Abu Jahm ibn Huzayfa roziyallohu anhu
Muhammad ibn Amr ibn Hazm al-Ansoriy Abu Abdulmalik roziyallohu anhu
Muhammad ibn Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhu
Muoz ibn Horis al-Ansoriy roziyallohu anhu
Molik ibn Amr ibn Atik roziyallohu anhu
Molik ibn Rabi'a al-Ansoriy roziyallohu anhu
Mug'ira ibn Axnas as-Saqofiy roziyallohu anhu
Ma'qil ibn Sinon al-Ashjaiy Abu Abdurahmon roziyallohu anhu
Maxroma ibn Navfal al-Quroshiy roziyallohu anhu
Miqdad ibn Asvad al-Hazromiy Abu Ma'bad roziyallohu anhu
Ma'mur al-Hosiy roziyallohu anhu
Navfal ibn Muoviya ad-Dayliy roziyallohu anhu
Hind ibn Horis al-Aslamiy roziyallohu anhu
Abu Shurayh al-Ka'biy al-Huzoiy roziyallohu anhu
Abul Yusr al-Ansoriy roziyallohu anhu
Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhu
Sabiatu binti Horis al-Aslamiy roziyallohu anho
Obid Toshqandiy
Joriy yilning 16 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida «Mustahkam ildizlar va kelajak istiqbollari» mavzusida Xalqaro bag‘rikenglik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov onlayn tarzda ishtirok etib, «Jaholatga qarshi ma’rifat: diniy bag‘rikenglikning O‘zbekiston tajribasi» mavzusida ma’ruza qildi.
Qirol Abdulaziz nomidagi Milliy muloqot markazi shtab-kvartirasida tashkil etilgan anjumanda Saudiya Arabistoni Katta ulamolar kengashi a’zosi shayx Abdulboqiy bin Muhammad Ol ash-Shayx Muborak, «Alvalid» jamg‘armasi bosh kotibi malika Lamiya bint Majid Ol Saud, Raqamli hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi apparati rahbari Hanin al-Foris, Qirol Abdulaziz nomidagi kutubxona bosh direktori Faysal bin Abdurahmon bin Muammar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Forumda diniy bag‘rikenglikning islomiy asoslari, uning tarixiy va sivilizatsiyaviy ildizlari, oila, ta’lim va jamiyatda o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish, shuningdek, raqamli davrda mutaassiblik va nafrat tiliga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Firdavs Abduxoliqov o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida shakllangan tarixiy va zamonaviy tajriba, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» g‘oyasining xalqaro ahamiyati hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati haqida so‘z yuritdi.
Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyutsiyasi 2018 yil 12 dekabrda BMT tomonidan qabul qilingani O‘zbekistonning jahonda tinchlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarining muhim natijasi sifatida qayd etildi.
Ma’ruzachi mazkur tashabbusning mazmun-mohiyatini O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan bog‘lab, uning asosiy maqsadi ilm-ma’rifatni keng targ‘ib etish, tarixiy merosni chuqur o‘rganish va inson qadrini ulug‘lash ekanini ta’kidladi.
«Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” g‘oyasi bugun xalqaro miqyosda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan va 2018 yilda BMT tomonidan qabul qilingan mazkur rezolyutsiya jahonda tinchlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bosh g‘oyasi ham aynan shu tamoyilga asoslanadi. Markazga qadam qo‘yayotgan har bir insonni ilmga da’vat kutib oladi: o‘qi, o‘rgan, ma’rifatli bo‘l! O‘z tarixingni angla, dunyoni tani, insonning qadriga yet! Jaholatning millati ham, chegarasi ham yo‘q. U har qanday jamiyatda mutaassiblik va murosasizlikni oziqlantirishi mumkin. Shuning uchun ma’rifat va bag‘rikenglikni mustahkamlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir», — dedi Firdavs Abduxoliqov.
Ma’ruzada bugungi global axborot makonida islomofobiya, diniy qadriyatlarni noto‘g‘ri talqin qilish va asossiz tasavvurlarning tarqalishi jiddiy muammolardan biriga aylanayotgani ta’kidlandi. Bunday sharoitda xolis bilim, tarixiy haqiqat va media savodxonlikni keng targ‘ib etish, yosh avlodda turli madaniyat va e’tiqodlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 diniy konfessiyaga mansub fuqarolar tinch-totuv yashayotgani qayd etildi. Vijdon erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari va diniy sohadagi davlat siyosati jamiyatda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashning muhim omillari sifatida ko‘rsatib o‘tildi.
Firdavs Abduxoliqov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining turli xalqlar va dinlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ma’rifiy muloqot va mushtarak tarixiy merosni anglashga xizmat qiluvchi zamonaviy ilmiy-ma’rifiy maskan sifatidagi ahamiyatiga ham alohida to‘xtaldi.
Markaz ekspozitsiyalarida islom sivilizatsiyasi bilan bir qatorda buddaviylik, zardo‘shtiylik va nasroniylik tarixiga oid meros namunalarining ham o‘rin olgani turli madaniyat va e’tiqodlarga hurmat tamoyilining amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Markazning xalqaro e’tiroflari — Ginnessning jahon rekordlari tashkiloti tomonidan maydoni bo‘yicha dunyodagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida qayd etilgani, «Prix Versailles» xalqaro mukofoti doirasida 2026 yilning eng go‘zal muzeylari qatoriga kiritilgani hamda TURKSOY tomonidan «Turk dunyosining eng yaxshi muzeyi» deb e’tirof etilgani haqida ma’lumot berildi.
Ma’ruzada 2026 yil 6 noyabr kuni Ostona shahrida Aqaba jarayoni doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Raqamli davrda jaholatga qarshi ma’rifat» xalqaro dasturi tashabbusi ham tilga olindi. Markaz negizida amalga oshirilishi taklif etilgan mazkur dastur ko‘p tilli ma’rifiy resurslar yaratish, diniy arboblarni raqamli axborot muhitida ishlashga tayyorlash va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi tarixiy-ma’naviy aloqalar, ikki xalqni bog‘lab turuvchi mushtarak ilmiy meros haqida so‘z yuritildi. Buxoroda tavallud topgan Imom Buxoriyning Makka va Madinada ilm olgani ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy-ma’naviy rishtalarning yorqin namunasi sifatida qayd etildi.
Markaz xalqaro hamkorlar bilan qo‘lyozmalarni o‘rganish va raqamlashtirish, qo‘shma ilmiy nashrlar hamda ko‘rgazmalar tashkil etish, islomning insonparvarlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi ko‘p tilli raqamli materiallar yaratish, yosh tadqiqotchilar va pedagoglar uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga tayyor ekani bildirildi.
Forumning boshqa ishtirokchilari ham bag‘rikenglikni jamiyat barqarorligi, tinch-totuvlik va o‘zaro hamjihatlikning muhim sharti sifatida baholadilar. Xususan, Qirol Abdulaziz nomidagi kutubxona bosh direktori Faysal bin Abdurahmon bin Muammar o‘z chiqishida bag‘rikenglik, muloqot, hamkorlik va tinch-totuv yashash bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalar ekanini ta’kidladi.
Uning fikricha, haqiqiy bag‘rikenglik faqat boshqalarning mavjudligini tan olish bilangina cheklanmaydi. U adolat, tenglik, inson qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilish, turli qarash va e’tiqod egalari bilan o‘zaro muloqotga tayyor turishni ham talab etadi. Jamiyatdagi madaniy, diniy va dunyoqarashga oid farqlarni ziddiyat manbai sifatida emas, balki o‘zaro anglashuv va taraqqiyot uchun imkoniyat sifatida qabul qilish muhimdir.
Faysal bin Abdurahmon bin Muammar ta’lim-tarbiyaning ham bu jarayondagi o‘rniga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish bolalikdan boshlanishi, oila, maktab va ta’lim muassasalarida insonlarning bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga asoslangan muhit qaror topishi lozim. Bilim va ma’rifat kishilar o‘rtasidagi noto‘g‘ri tasavvurlar, asossiz stereotiplar va kamsitish holatlarining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni Katta ulamolar kengashi a’zosi shayx Abdulboqiy bin Muhammad Ol ash-Shayx Muborak esa diniy bag‘rikenglikning islom ta’limotidagi mustahkam asoslariga to‘xtaldi. U islom dinining qariyb o‘n to‘rt asrlik tarixida insonlar o‘rtasida mehr-shafqat, rahmdillik, o‘zaro hurmat va murosaga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.
Shayx Abdulboqiyning qayd etishicha, e’tiqod va madaniyatdagi farqlar insonlar o‘rtasida adovat keltirib chiqarmasligi, aksincha, o‘zaro bilish, hamkorlik va hamjihatlikka xizmat qilishi kerak. Islomning rahm-shafqat va bag‘rikenglikka asoslangan ta’limoti turli qarash va e’tiqod vakillari bilan tinch-totuv yashash, inson qadrini hurmat qilishga chorlaydi.
Forumda bildirilgan fikrlar shuni ko‘rsatdiki, diniy bag‘rikenglik faqat nazariy tushuncha emas, balki kundalik hayotda, ta’lim-tarbiyada, jamoatchilik munosabatlarida va davlatlararo hamkorlikda namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan muhim qadriyatdir. Bu borada ma’rifat, ochiq muloqot, o‘zaro ishonch va inson huquqlarini hurmat qilish jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Forum yakunida bag‘rikenglikni oila, ta’lim va jamiyat hayotida mustahkamlash, turli madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib etish yo‘lida samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati