Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2026   |   8 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:09
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
18 Noyabr, 2026, 8 Jumadul soni, 1448

Qaytim

24.06.2024   11545   4 min.
Qaytim

Bu voqea muborak Ramazon kunlarining birida bo'lgan. Iftorlik vaqtiga yaqin qolganda, Adham non sotib olish uchun novvoyxonaga bordi. U erda nav­batda turgan insonlar ko'p edi. Bir vaqtning o'zida xaridorlarga non uzatish va ularning pullarini sanab olish oson emasdi. Adhamning ham navbati keldi. Charchagan sotuvchi unga ortiqcha qaytim berdi. Adham ikkilanib bir qo'lidagi pullarga, bir sotuvchiga qaradi. Novvoy unga: “Tinchlikmi bolakay?” dedi. Adham esa: “Hammasi yaxshi”, dedi-da, nonlarni ko'targancha uyiga yugurib ketdi. Kechki ovqat vaqtida u biroz o'ychan ko'rinardi. Kechqurun kimdir g'oyibdan unga: “Nega bunday qilding? Nega birovning haqqiga xiyonat qilding?” degandek tuyulardi.

Adham bo'lib o'tgan voqealarni onasiga aytib berishga qaror qildi-yu, ammo onasi bu ishi sababli qattiq koyishidan qo'rqdi. Tuni bilan mijja qoqmadi. Saharlik payti uning ko'zi devordagi taqvimga tushdi. Unda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi ha­dislarini o'qidi:

البِرُّ حُسنُ الخُلُقِ ، والإِثْمُ ما حاكَ في صدْرِكَ ، وكرِهْتَ أنْ يَطلِعَ عليه الناسُ

“Yaxshilik go'zal xulqdir. Gunoh bu – qalbingni qiynagan va sen boshqalar uni bilib qolishidan qo'rqadigan amaldir” (Imom Muslim rivoyati). 

Adhamning yuzlari qizarib ketdi. Go'yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu hadisni aynan u uchun aytgandek edi. U to'g'ri novvoyxonaga bordi va novvoydan uzr so'rab, ortiqcha qaytimni qaytarib berdi. Adham to'g'ri ish qilib, o'zini gunohdan saqlab qolganidan mamnun edi.

Zahar

Husayn amaki shahardan qishloqqa a'lo kayfiyatda qaytayotgandi. Bozorga olib borgan mollarining barchasini sotdi. Yo'lda esa eshagini o'tlatish va o'zi ham biroz mizg'ib olish maqsadida buloq boshida to'xtashga qaror qildi. Buloqning yonginasidagi daraxt soyasida uyquga ketishdan oldin pullari joyida ekanini tekshirib, xaltachasini qo'yniga soldi-da, uyquga ketdi.

Bu holatni daraxt ustida bir qaroqchi kuzatib turar edi. Uning ko'zlari xursandchilikdan yonib ketdi. U Husayn amakining uxlaganiga ishonch hosil qilgach, sekingina daraxtdan sirg'alib tushdi. So'ngra cho'ntagidan qamish poyasi va zahar solingan qutini chiqardi. Qamishning g'ovak poyasi ichiga zaharni soldi-da, asta uyqudagi Husayn amakining oldiga yaqinlashdi. Maqsadi uyqudagi kishining ichiga zaharni puflab o'ldirish va pullarini o'zlashtirish edi. U engashib zaharni puflashni boshlagan ham ediki, to'satdan Husayn amaki aksirib yubordi. Qamishdagi zaharning barchasi katta tezlikda qaroqchining og'ziga qaytib kirdi. Uning yomonligi o'zining boshiga etdi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning aytgan ushbu hadislari naqadar haqiqat:

من ضارّ ضارّ الله به

“Boshqalarga zarar beradigan kishiga Alloh ham zarar beradi” (Imom Ahmad rivoyati). 

Oxunjon AHMYeDOV

tarjimasi

 
 
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston va BAA vaqf sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

18.11.2026   1933   1 min.
O‘zbekiston va BAA vaqf sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Samarqandda o‘tkazilayotgan XIV «Global Waqf» xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Birlashgan Arab Amirliklarining Islom ishlari, vaqflar va zakot bo‘yicha Bosh vakolatli organidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, vaqf sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, vaqf mulklarini samarali boshqarish, xayriya faoliyatini takomillashtirish va sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Shundan so‘ng BAA delegatsiyasi vakillari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, buyuk muhaddis hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

"VAQF" XAYRIYA JAMOAT FONDI ijtimoiy tarmoqlari

O'zbekiston yangiliklari