Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

NAMOZDAN KYeYIN QO'L KO'TARIB DUO QILISh KYeRAKMI?

16.07.2024   4101   4 min.
NAMOZDAN KYeYIN QO'L KO'TARIB DUO QILISh KYeRAKMI?

Duoda qo'lni ko'tarish borasida juda ko'p hadislar kelgan. Hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo'llarini ko'tarib duo qilganlari ham, qo'l ko'tarishga buyurganlari ham rivoyat qilinadi. Jumladan, imom Bayhaqiy  Sahl ibn Sa'd raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam duo qilsalar qo'llari barmoqlarining uchlari elkalari barobar bo'lar edi" deyilgan bo'lsa, Soyib ibn Yazid raziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilsalar, qo'l ko'tarar, keyin yuzlariga surtar edilar" deyiladi.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda hazrati Umar raziyallohu anhu "Qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duoda qo'l ko'tarsalar, yuzlariga surtmasdan uni tushirmas edilar" deganlar.
Nabiy alayhissalomning duoda qo'l ko'tarishni buyurganlari esa quyidagi hadisda vorid bo'lgan.
"Qachon Allohdan so'rasanglar, kaftlaringizning ichki tomoni bilan so'ranglar, ularning orqa tomoni bilan so'ramanglar! Bas, qachon duodan forig' bo'lsangiz, kaftlaringizni yuzlaringizga surtingiz!”. Bu hadisni imom Abu Dovud rivoyat qilgan.
Mazkur hadislardan duoda ko'l ko'tarish shariatda joiz, balki buyurilgan amal ekani ma'lum bo'lmoqda. Aslida umumiy holatlarda qo'l ko'tarish joiz ekani va bu ishdan qaytaruvchi dalil yo'qligi namozdan keyingi duolarda qo'l ko'tarish joizligiga dalolat qiladi. 
Aynan namozdan keyingi duoda qo'l ko'tarish borasida ham hadislar rivoyat qilinadi. Ibn Abu Hotim tafsirida Abu Hurayra raziyallohu anhuning "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam salom berganlaridan keyin qiblaga qaragan holda qo'llarini ko'tarib "Allohim..." deb duo qildilar" degani rivoyat qilinadi. Tabaroniy rivoyatida "Abdulloh ibn Zubayr bir kishining namozdan forig' bo'lmasdan oldin duoga qo'l ko'targanini ko'rib "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozdan forig' bo'lmasdan duoga qo'l ko'tarmas edilar" degan" deyiladi.
Bu borada bulardan boshqa bir necha hadislar rivoyat qilinadi. Garchi bu hadislar zaif sanad bilan kelgan bo'lsa-da, aksar deyarli barcha ulamolar nazdida fazilat va savobga oid amallarda zaif hadis hujjat bo'laveradi.Asr muhaddisi Anvarshoh Kashmiriy "Fayzul Boriy" da shunday deydi. "Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aksar duolari zikr shaklida bo'lar edi. Doim tillari zikr bilan nam holatda yurar edilar. Inson holatlarining barchasida, turish, o'tirish va yonboshlash hollarida zikrda bo'lar edilar. Barcha hollarda doimiy zikrda bo'lsalar u zotga doimo qo'l ko'tarib yurish shart bo'lmaydi. Chunki qo'l ko'tarish ma'lum maqsad uchun joriy bo'lgan ma'lum bir holatdir. U bir narsani so'rashdir. Bu ma'noni bilgandan keyin yuragingizni siqayotgan narsadan qutuling. Qo'l ko'tarish bid'at emas. Garchi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozdan keyin kam hollarda qo'l ko'targan bo'lsalar ham, juda ko'p hadislarda bunga og'zaki ravishda targ'ib qilganlar. Zikr va duo bobida u zotning odatlari shu edi. U zot uchun Alloh taolo ixtiyor etgan narsani o'zlariga ixtiyor etganlar va boshqa holatlar uchun ummatni targ'ib etganlar. Bizdan biron kishi namozdan keyin qo'l ko'tarib duo qilishga odatlansa u inson Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o'zlari ko'p qilmagan, lekin targ'ib etgan ishni qilayotgan bo'ladi. Bu masalani "Naylul farqadayn"da batafsil zikr qilganman" deydi.
Anvarshoh Kashmiriy mazkur kitobning boshqa joyida "Namozlardan keyin duo qilish inkor etib bo'lmas darajada sobit bo'lgan. Lekin ularda qo'l ko'tarish nafllardan keyin bir-ikki marta vorid bo'lgan. Ba'zilar qo'l ko'tarishni bid'at deydilar. Qiziq, bir-ikki marta sobit bo'lgan narsa mustahab bo'lmay bid'at bo'ladimi? Boshqa barcha mustahab ishlar ham shunday shaklga ega-ku?! Goh-gohida sodir bo'ladi, keyin ummat unga amal qilishda davom etadi" deydi. 
Yuqorida o'tgan narsalardan bizga ma'lum bo'ladiki, namozdan keyingi duolarda qo'l ko'tarish joiz, balki mustahab amallardan ekan.

Sufiyev Ja'farxon,
To'raqo'rg'on tuman "Ishoqxon to'ra" jome
masjidi imom xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Bundan ortiq yutuq bo‘lishi mumkinmi?

30.06.2025   4101   5 min.
Bundan ortiq yutuq bo‘lishi mumkinmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


Sahobai kiromlar iymonu Islom, shariatu tariqat, axloqu odob va shunga o‘xshash barcha kerakli narsalarda har birlari biz uchun muqtado bo‘lgan ajoyib insonlar jamoasidir.

Ushbu mavzuga kirishdan avval «sahoba» va «fazl» so‘zlarining ma’nolarini yaxshilab o‘rganib olishimiz lozim.

«Sahoba» so‘zi «sahiba» o‘zagidan olingan bo‘lib, lug‘atda «suhbatdosh bo‘lmoq» va «sohib bo‘lmoq» degan ma’nolarni anglatadi.

Istilohda esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni musulmonlik hollarida ko‘rgan odamga sahoba deyiladi.

Musulmon odam Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘rsa bo‘ldi, suhbatlashib o‘tirmasa ham sahoba bo‘laveradi.

Ulamolar bu masalada ko‘plab batafsil bayonotlar, turli fikr-mulohazalarni keltirganlar. Lekin mazkur tortishuvlarning barchasining natijasi yuqoridagi ta’rifga borib taqaladi.

«Fazl» so‘zi lug‘atda «ziyoda», «ortiqlik», «ustunlik» degan ma’nolarni anglatadi.

Shundan «Sahobalarning fazli» iborasining ma’nosini tushunib olish mumkin.

Payg‘ambar alayhissalom hazrati Jobir roziyallohu anhuga va «Bay’atir-Rizvon»da ishtirok etgan boshqa sahobiylarga qarata: «Sizlar yer yuzidagi eng yaxshi odamsizlar», deganlar.

Shunga binoan, har bir musulmon mazkur baxtiyor shaxslarni sevishi, hurmatlashi va e’zozlashi lozimdir.


Alloh taolo ularga «yaqin fath»ni mukofot qilib berdi. Hudaybiyadan so‘ng tezda butun dunyoni fath qilish boshlandi. Ikki oydan ko‘p vaqt o‘tmay, birinchi, eng muhim fathlardan biri – Xaybar fathi bo‘ldi. Undan keyin esa navbatdagi fathlar ketma-ket sodir bo‘laverdi.

Musulmonlar Islom jamiyatining asl mag‘zini, javharini tashkil etar edilar. Ular uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism peshqadam muhojirlar edi.


«Birinchi peshqadam muhojirlar».

Ular Makkai Mukarramada hech kim iymonga kelmagan paytda iymonga kelgan, kofirlarning ozorlariga chidagan, ularning zulmlariga bardosh bergan ulkan sahobiylardir.

Ulamolar: «Ushbu oyatda «oliy maqom egalari» deb sifatlanayotgan muhojirlar Badr urushiga qadar Makkai Mukarramadan Madinai Munavvaraga hijrat qilgan sahobalardir», deydilar. Chunki ular eng qiyin vaqtda iymonga kelib, eng qiyin vaqtda hijrat qilgan shaxslardir. Badr urushida musulmonlar g‘olib kelib, Islom jamiyati yuzaga chiqib, o‘z tayanchiga ega bo‘lganidan keyin hijrat qilish ham oson bo‘lib qolgan.


Ikkinchi qism – «ansoriylar», ya’ni Madina ahllaridan birinchi bo‘lib Islomga kelgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Aqaba»da bay’at qilgan, din qardoshlarini o‘z yurtlari – Madinaga taklif etgan, makkaliklar hijrat qilib borganlarida o‘zlari yemay, ularga yedirgan, o‘zlari kiymay, ularga kiydirgan, uylarini, molu mulklarini bo‘lib bergan, dinu diyonatlari uchun molu jonlaridan kechishga tayyor turgan madinalik peshqadam musulmonlardir.


Uchinchi qism – «ularga yaxshilik bilan ergashganlar», ya’ni peshqadam muhojir va ansoriylarga yaxshilik bilan ergashganlardir. Ular vasf qilinmish peshqadam muhojir va ansoriylardan keyin, mazkur mashhur voqealardan keyin musulmon bo‘lib, xuddi peshqadam musulmonlar kabi ixlosli, ibodatli va taqvodor kishilar bo‘lganlar. Ularga faqat peshqadamlik, ya’ni eng qiyin damda safda bo‘lmaganliklari yetishmaydi, xolos. Alloh ana shu uch toifadagi musulmonlarning barchasidan «rozi bo‘ldi, ular ham Allohdan rozi bo‘ldilar».


Banda erishishi mumkin bo‘lgan eng yuqori martaba Allohning roziligidir. Zotan, har bir bandaning oliy maqsadi ham mana shu. Bandaning Allohdan roziligi Uning qadariga ishonishi, qazosidan yaxshilik kutishi, ne’matlariga shukr qilishi, balo-ofatlariga sabr qilishidir.

Alloh ulardan rozi ekanligi uchun: «Ularga ostidan anhorlar oqib turgan ‎jannatlarni… tayyorlab ‎qo‘ydi».

Ular mazkur jannatga vaqtinchalikka kirmaslar, balki «ular u (yer)larda abadiy mangu qoluvchi ‎bo‘lgan ‎hollarida‎».

Alloh taolo ulardan rozi bo‘lmaganida, ularni bunday ikromga sazovor qilmas edi.


«Ana o‘sha ulkan yutuqdir».

Bundan ortiq yutuq bo‘lishi mumkinmi?


Alloh «Hashr» surasida sahobai kiromlarni shunday madh etadi:

«Diyorlaridan va mol-mulklaridan judo ‎qilingan, Allohdan fazl va rozilik umid ‎‎qiladigan hamda Allohga va Uning Rasuliga yordam ‎beradigan faqir muhojirlargadir. ‎Ana o‘shalar ‎sodiqlardir‎» (8-oyat).

Muhojirlar aslida makkalik kishilar bo‘lib, dinu iymon yo‘lida ona yurtlarini, mol-mulklarini, qarindosh-urug‘larini tashlab, Madinai Munavvaraga hijrat qilganlar (ko‘chib o‘tganlar). Shu sababli ularning ko‘pchiligi miskin, faqirga aylanganlar.

Ular faqatgina Alloh beradigan fazlni deb, Uning roziligini topamiz, deb bu mashaqqatlarga bo‘yin egdilar. Qiyin ahvolga qaramasdan, Allohning va Rasulining ishiga qo‘llaridan kelgan barcha yordamlarini ayamadilar. Shuning uchun ham Alloh ularni «Iymonlarida sodiq kishilar» deb maqtamoqda.
 

«Hadis va hayot» kitobining 21-juzidan olindi