Dunyodagi mashhur “Al-Azhar” islom universiteti Tailandda dinlarning tinch-totuv yashashni targ'ib etishiga bag'ishlangan konferentsiya o'tkazishni rejalashtirmoqda. Unga jahonning yirik diniy konfessiyalar rahbarlari taklif etiladi, deb xabar bermoqda, “Arab News” nashri.
Anjumandan ko'zlangan maqsad – o'zaro birdamlikni mustahkamlash, dinlar o'rtasidagi muloqotni rivojlantirish, tinchlik va bag'rikenglik masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Mazkur xalqaro tadbirni muvofiqlashtirish maqsadida “Al-Azhar” majmuasi raisi, doktor Ahmad at-Toyyib Bangkokda Tailand qiroli Maxa Vajiralongkorn va qirolicha Suthida bilan suhbatda bo'ldi.
Uchrashuvda “Al-Azhar” universitetida tailandlik talabalar sonini oshirish va mamlakatdagi islom markazlariga universitet dasturiga muvofiq dars o'tishga ruxsat berish bo'yicha kelishuvga erishildi, deb yozadi, “Arab News”.
Bundan tashqari, doktor Ahmad at-Toyyib Tailandda arab tilini o'rganish markazlarini ochishga tayyorligini ma'lum qildi va Tailand imomlarini “Al-Azhar”da malaka oshirish uchun o'qishga taklif qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Men o‘zimga-o‘zim savol beraman: "Nima uchun Ramazon oyi shamsiy emas, qamariy oyga qarab tutiladi?".
Javob shuki, Alloh taolo insonga yilning barcha fasllarida ro‘za tutish imkonini berdi. Agar ro‘za quyosh taqvimiga muvofiq tutilsa, shimollik musulmon Ramazon ro‘zasini qiynalmasdan qish faslida tutar, ammo janublik musulmon uni yozda, qiyinchilikda, mashaqqatda tutar edi.
Qamariy taqvimda esa har bir inson ro‘zani goh qishda, goh yozda tutadi. Bu eng go‘zal suratdagi ayni adolatdir.
Subhanalloh, alhamdulillah, Allohu akbar...
Ahmad Diydot rahimahulloh