“G'uluv” arabcha so'z bo'lib, “chegaradan chiqish va me'yordan oshish” degan ma'nolarni bildiradi. Yana majoziy manosi din ta'limotini talqin qilishda haddan oshishni anglatadi.
G'uluvga borish ilmiy va amaliy masalalarga xos bo'lmay, balki oyati karima tafsirlarida shariat maqsadlariga zid fikrlarni bayon qilishda ham bo'lishi mumkin. Masalan, oyati karimalar tafsirini biron fikr va g'oyaga moslashtirishga urinish kabilar ham dinda xaddan oshish hisoblanadi. Dindagi g'uluvga ketishning eng yomon oqibati etarli ilmi bo'lmasa ham qur'onni o'zicha tushunishdir. Bundan tashqari, xadislarga o'zicha amal qilish va to'rt mazhabdan birortasiga qat'iy ergashmaslikdir. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: “Ayting: “Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko'plarni adashtirgan, hamda to'g'ri yo'ldan chalg'iganlarning havoyi nafslariga ergashmangiz! (Moida surasi, 77-oyat).
Dinda chuqur ketmaslik xaqida Rasululloh sollollohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Alloh taolo shariatida chuqur ketuvchilar halok bo'ldilar, deb uch marta aytishlarida, dinda haddan tashqari ziyodalik qilish insonni halok qilish bilan teng ekanligidan ogohlantirdilar”.
Haromni halol deb bilish, gunohkor kishini kofirga chiqarish, Alloh taolo halol qilgan narsalarni biron – bir shar'iy dalilsiz, masalan, qoshiq bilan taom iste'mol qilishni yoki soat taqishni nojoiz deb bilish kabilar ham dinda g'uluvga ketish xisoblanadi.
Kim Alloh taologa U Zotning O'zi joriy qilgan shariatdan boshqa yo'l bilan qurbat xosil qilishga harakat qilsa, shubxasiz, adashgan bo'ladi. “Bilingizki, oralaringizda Allohning Payg'ambari bordir. Agar u ko'p ishlarda sizlarga bo'yinsunsa, albatta, sizlar mashaqqatlarga duchor bo'lur edingiz” (Hujurot surasi, 7-oyat).
Dinimiz dunyodan yuz o'girib butunlay ibodatga berilishdan qaytaradi.Hakim donishmand isonlar aytgan bir jumla bor:,,Dunyoda yo'lovchi kabi bo'l.Ortingdan faqat chiroyli izlarni qoldir.Biz bu dunyoda bir mehmonmiz,xolos.Mehmonning jo'nashdan boshqa chorasi yo'q"Shunday ekan din va dunyo ishini teng olib borgan odam barchani muhabbatiga ega bo'ladi ham chiroyli amalari bilan eslanadi. Chunki sahobalar roziyallohu anhumdan uch nafari nasorolarning rohiblariga o'hshab dunyodan butunlay uzilishni iroda qildi. Ulardan birlari kechaning xammasini bedor o'tkazishni, ikkinchisi doimo ro'za tutib yurishni, uchinchilari ayollardan uzoqda bo'lishni qasd qilganlarida. Bu holatdan payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam habar topdilar va barchalarini chaqirib, qilgan ishlarini inkor etganlari va: “Ogoh bo'ling! Allohga qasamki, men Allohdan eng ko'p qo'rqadiganingizman, Unga eng ko'p taqvo qiladiganingizman. Ammo ro'za ham tutaman, og'zim ochiq ham bo'ladi. Namoz o'qiyman, uxlayman ham, ayollarni nikohimga ham olaman. Dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari – kishi bu dunyodagi o'z nasibasini haddan oshmasdan olishidir. Alloma ibn Hajar rahimahullohning g'uluvga “Biror narsadan mubolag'a qilib, unda qattiqlik qilishdir”, deb ta'rif bergan. Imom Navaviy esa g'uluvni “Shariatda talab etilgan narsaga qo'shimcha kiritish”, deb atagan.
Abdul Karim Yunus Hatibning ta'rifi quyidagichaa: Dinda g'uluvga ketish musulmon jamiyatida ixtilof va guruxbozlikka, fitnaga va oxir – oqibat, aqidaning buzilishiga olib keladi. Islom tarixida xavorij, mo'tazila va boshqa oqim, toifalarning vujudga kelishi ham asosan, dinda g'uluvga ketish oqibatida sodir bo'lgan. Ayni vaqtda, g'uluvga berilganlar dinni o'ta og'ir va mashaqqatli tushuntirganlari bois, odamlar to'g'ri yo'ldan adashib, undan bezib qoladilar.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g'uluv masalasida quyidagi hadisni aytganlar: “Dinda g'uluvga ketishdan saqlaninglar. Sizlardan oldingilarni dinda g'uluvga ketishdan boshqa narsa halok qilgan emas”, deganlar (Imom Nasoiiy, “Sunan”, “Manosiklar kitobi”, 5/278).
Jumhur ulamolar dinda g'uluvga ketish oqibatida yuzaga keladigan og'ir zararlar sifatida quyidagilarni qayd etishgan: Allohdan uzoqlashtiradi; do'zahni vojib qiladi.
Mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahimahullohu alayhi “Musulmon kishini, bir gunohni qilgani bilan, o'sha gunohni halol sanamasa, uni kofirga chiqarmaymiz”, deganlar.Alloh taolo doim e'tiqodda,amalda,so'zimmizda bizlarni toyilishlikdan saqlasin.
Abdurashid Iminov,
Uchqo'rg'on tumani “Ho'ja Said” jome
masjidi imom xatibi
Osmonlaru yerni yaratgan Zotning qarshisiga ma’siyatlar ila chiqa ko‘rmang, g‘azabiga toqatingiz, iqobiga sabringiz va azobiga qudratingiz yetmaydi.
Doktor Abdul Muhsin Ahmad o‘zining bir qarindoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Voqeaga ko‘ra bir yigit ukasiga doim “Allohga hamd aytgin” desa, ukasi: “Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?” – der, Yaratganga bo‘yin eggisi kelmasdi.
Axir uning bu gapini olamlar Rabbi bo‘lgan Zot eshitib turibdi! Alloh uni ikki oyog‘i bilan yurg‘izib qo‘yibdi, qancha odamlar yura olishmaydi. Necha-necha insonlar ko‘rish ne’matidan mosuvo bo‘lganida, uning ko‘zlari ko‘rib turibdi.
Vaqt o‘tib yigit avtohalokatga uchraydi. Uning a’zolari qattiq shikastlanadi. Operatsiyadan so‘ng doktor Abdul Muhsin Ahmad uni bir umr nogiron bo‘lib qolganligini, tanasining yarmi ishlamasligini, aniqrog‘i, bir o‘limdan qolganligini aytadi.
Alloh buyuk! Uning ne’matlari cheksiz. Biz bandalar doim shukrda bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, Alloh taolo aytadi: «...Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»[1].
Tasavvur qiling, bordi-yu, siz do‘zaxiylardan bo‘lsangiz, u yerdagi azobga chiday olasizmi?! Albatta, yo‘q.
Shunday ekan Allohga tavba qiling! U Zotga xush kelmaydigan ishlardan qayting. Solih amallar ila Rabbingizga yaqinlashing.
Alloh bergan ne’matlarga shukr qiling. Gunoh va ma’siyatning kichikligiga qaramang. Allohning buyukligini nazaringizdan qochirmang.
Alloh buyuk! U Zot sizni kutilmaganda ushlamasidan avval qalbingizni qo‘rquv ila to‘ldiring. Qazoingiz yaqinlashmasidan avval poklaning. O‘lim kelgandagi pushaymondan naf yo‘q va buning uchun imkon berilmas...
Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.
[1] Hud surasi, 102-oyat.