Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Latviyada Islom

28.09.2023   1460   2 min.
Latviyada Islom

Horijiy ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko'ra, Latviyada Islom dini ommaviylashib bormoqda. Tahlilchilar yaqin yillarda Latviya ham xuddi Yevropaning aksar davlatlari singari ko'plab musulmonlarning vataniga aylanishini bashorat qilishyapti.

Hozirgi vaqtda Latviyada 12 ta islomiy tashkilot ro'yxatga olingan. Ular Rigadagi “Imon”, “Qur'on”, “Islom” tashkilotlari va boshqa shaharlardagi “Omina”, “Marzoniy”, “Salom”, “Rayyon” hamda Yekabpils, Riga shahri atrofi­dagi Vidzemsk va Zemgal'sk shaharchalari­dagi musulmon jamoalaridir.
Latviya universiteti ilohiyotshunos­lik fakul'teti o'qituvchisi Valdis Te­raudkalis mamlakatda musulmonlar tez ko'payayotganini e'tirof etdi. U buning ajablanadigan joyi yo'qligi, chunki jamiyatda Islomning munosib o'rni borligini ta'kidladi.

– Mamlakatda musulmonlar soni or­tib bormoqda. Bu bir qarashda ko'zga yaq­qol tashlanmaydigan jarayon. Islomga kirayotganlarning ko'plari latishlar va ruslardir. Ammo Latviyada ham boshqa davlatlardagi kabi islomofobiya mavjud va odamlar ko'pchilikka uncha tanish bo'lmagan dindan qo'rqadi, – deydi ilohiyotshunos ekspert.

– Islom haqidagi salbiy tasavvurlar ko'pincha u xususda etarlicha ma'lumotga ega bo'lmaslik oqi­batida hosil bo'ladi. Holbuki, barcha din­da tajovuzkorlik qattiq qoralanadi. Har bir din keng yoyilish yoki jamiyat manfaatini ifoda etish xususiyatiga ega.
Islomni qabul etgan mahalliy aholi o'rtasida olib borilgan so'rovlardan ayon bo'­lishicha, Latviya aholisidan musulmon bo'lganlarning ko'pchiligi Islom ta'limoti pokizalikka alohida e'tibor qaratga­ni, ibodatlarning muntazamligi hamda insonni har doim hushyorlikka da'vat qilgani uchun dinimizni tanlamoqda.

Damin JUMAQUL tayyorladi.

"Islom nuri" gazetasidan

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mo‘minning hamma ishi o‘ziga yaxshilik

12.05.2025   6401   1 min.
Mo‘minning hamma ishi o‘ziga yaxshilik

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning ishi ajoyibdir. Uning hamma ishi o‘ziga yaxshilikdir. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).