Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyun, 2025   |   27 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
23 Iyun, 2025, 27 Zulhijja, 1446

Ilm-fan ro‘za haqida: Ramazon hissiyotlarni tozalaydi

03.05.2020   3994   3 min.
Ilm-fan ro‘za haqida: Ramazon hissiyotlarni tozalaydi

Ro‘zaning foydalari haqida ilm-fan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazib son-sanoqsiz ijobiy xulosalar berishgan.

Mana shunday tadqiqot natijalaridan biri, tibbiy psixologiya bo‘yicha mutaxassis, olim, Haleh Benani xonimning ilmiy xulosalari ko‘pchilikni lol qoldirdi. Quyida tadqiqotchining fikrlarini muxtasar keltiramiz:

Ramazon oyi kelishi bilan insonlarda hissiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Odatda bunday hissiy o‘zgarishlar ijobiy, insoniylik tuyg‘ulariga asoslanadi. Bu hol ro‘za tutganlardan tashqari ro‘za tutmaganlarda ham kuzatiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda.

Biz ramazon oyi kelishi bilan 500 nafar ko‘ngilli odamlarni kuzatdik. Ularning 400 nafari ro‘zador emas edi. Ro‘zaning ilk kunlaridanoq 100 nafar ro‘zadorda hissiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, miya faoliyati, asosan nerv va asab toalalri qayta tiklana boshladi. Eng qizig‘i ramazonning 7 kuniga kelib, ro‘zadorlarning asab tolalari yetarli miqdorda kengaya boshladi. Tibbiyotda ma’lumki asab tolalarining torayishi juda ko‘plab xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi (infarkt, nevroz, insult, oshqazon osti bezi kasalliklari va boshqalar).

O‘ninchi kuni ro‘zadorlarning yurak urishi, qon bosimi va aylanishi juda ham ajoyib holatga keldi (hech qanday muammolarsiz). Xujayralarning yangilanish jarayoni salomatlikning talab darajasiga yetdi.

Endigi xulosa barchamizni hayratga soldi. Kunlar o‘tishi bilan ro‘zadorlarning tanasida baxt garmoni – endorfin, hursanchilik va hotirjamlik garmonlari  – serotonin va noripinefrinlar miqdori osha boshladi. Bu garmonlar insonlarni sog‘lom va shijoatli bo‘lishi, immun tizimi kuchayishi, kasalliklarga qarshi kurashish va maqsad sari intilishida juda katta asos vazifasini bajaradi.

Eksperiment-ro‘zadorlardan olingan psixologik test natijalari esa yuqoridagi holatlar va ro‘zaning mo‘jizaviy xususiyatlarini yaqqol ochib berdi. Unga ko‘ra: ro‘zadorlarning deyarli barchasi qalbida o‘zgalarga nisbatan nafrat va xusumatlar yo‘qolganligini, o‘zgalarni kechirish, rahmdillik va mehribonlik hislari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganligini, odamlarga go‘zal muomala va yaxshilik qilish kabi tuyg‘ular ko‘proq hayollarini band qilgani haqida yozishgan. Psixolog Haleh Benani mazkur jarayonni quyidagicha baholadi: Ro‘za insonlarning qalbi va onggidagi chiqindilar ya’ni, kibr, nafrat, hasad, ko‘rolmaslik, alam, xusumat, hudbinlik va boshqa salbiy tuyg‘ularni o‘chiradi. Bu esa tanada HISSIY TOZALASH amaliyoti bajarilganligini bildiradi.

Quvonarlisi, mazkur ijobiy tuyg‘ular ro‘za tutmagan ishtirokchilarning ham ko‘pchiligida namoyon bo‘lgan. Ular ro‘za tutganlarga chiroyli muomala qilib, yordam berish, ularga iftorlik va saharlik uchun taomlar tayorlab berishga harakat qilganlar.

Demak, ramazon oyi haqiqatdan ham rahmat va mag‘firat, tinchlik va mehr-oqibat oyi ekanligi ilmiy jihatdan ham isbotlangan.

Zero, Alloh taolo O‘z kalomi Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

“Agar bilsangizlar, ro‘za tutishingiz o‘zlaringizga yaxshidir”  (Baqara surasi, 184-oyat).

Xo‘sh nima uchun ro‘za tutish insonlarga sanoqsiz foydalar keltiradi? Nega ramazon oyida odamlar boshqa oylarga nisbatan yaxshiroq va taqvodorroq bo‘lib, salomatliklari ham yaxshilanadi? Bu savollarning javobi ham Qur’oni karimdadir.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Ey iymon keltirganlar, oldin o‘tganlarga kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad, shunda taqvodor bo‘lursizlar” (Baqara surasi, 183-oyat).

Taqvodor esa Allohga eng yaqin va hurmatli banda bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

“Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir” (Hujurot surasi, 13 oyat).

 

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar

Oldingi safdagi namozxonning beliga sajda qilish mumkinmi?

23.06.2025   611   1 min.
Oldingi safdagi namozxonning beliga sajda qilish mumkinmi?

Savol: Biz tomonlarda qattiq yomg‘ir yog‘ib, Juma va ikki hayit namozlarida odamlar tashqarida namoz o‘qiy olmay, masjid ichiga tiqilib ketadi. Sunnatni almashib o‘qib olishadi, ammo farz namozda buning imkoni yo‘q-ku. Bu holatda qanday yo‘l tutiladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu kabi uzrli hollarda ya’ni savolda zikr qilinganidek, Juma va ikki hayit namozlarida orqadagilar oldingi safdagi namozxonlarning bellariga sajda qilib, namozni ado etsalar bo‘ladi.

Buning kayfiyati shunday: Avvalgi safdagilar odatdagidek ruku va sajda qiladilar. Ularning orqasidagilar esa, rukuda imkon qadar egiladilar, so‘ng sajdada oldingi safdagi odamlarning orqa bellariga boshlarini qo‘yib, sajda qiladilar. Farzni shunday o‘qisalar, sunnatlarni savolda aytilgandek almashib o‘qib olaveradilar. Chunki belga sajda qilish zarurat tufayli joiz bo‘ladi. Sunnat namozni o‘qishda esa, bunday zarurat bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, bu kabi uzrli holatlarda oldindagi odamning oyoqlari ustiga yoki o‘zining soniga ham sajda qilish mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.